Qofqoziyaga ketgan Farg‘ona hay’atidan
El qurultoyi ila shahar idoralari saylovi yaqin, balki, shahar idoralari saylovi bo‘lub yotadur.
Baxtimiz, taqdirimiz, yozish-yozmishimiz, qartaga qo‘yuladur. Boyutub, dunyoda tinch va har yashayish uchun asoslar qurarmiz, yoyutulub dunyoda yana ilgarigiday siqilub, ezilishga mahkum bo‘lurmiz.
Munday bir zamonda so‘ngg‘isidan qutulush uchun har tarafda tarqalgan “turk”larning, “Turon” bolalarining birlashishlari lozim. Shuning uchun Qofqozda bizdan, Turkistonda Qofqozdan, Vo‘lg‘a bo‘yidan bizda, bizdan Vo‘lg‘a bo‘yinda hay’atlar, vakillar bo‘lushga kerak. Boshqa taraflarda kelarga hozir vaqt nomunosibdur.
Bizlar “Farg‘ona hay’ati” (balki Turkiston” bu xatni poyezdning lip-lip qimillashini, toq-toq taqillashi orasida yozamiz. Bizki Qofqozga ketamiz. Ul yerdagi turk qarindoshlarga, Turkiston turkining issiq salomini olub boramiz, o‘z ahvolimizni ularga bayon qilub, yordamchi yoshlardan, ishlangan kishilardan chaqiramiz, ularning tilaklarini tekshirub bilub, o‘z vatandoshlarimizga bayon qilurmiz, har bo‘lsa ham birlashdiramiz, maqsad – birlashishlik, turklik!
Vatandoshlar! Vakillaringizga muvaffaqiyat tilangizlar, moddiy va ma’naviy yordam beringlar! Xayr birodarlar, biz ketdik. Xayrlik safar! Hay’at a’zolarindan:
Zunnunboy Qutlug‘boyef, Fotih Baxtiyor, Abdulhamid Sulaymon.
“Hurriyat” gazetasi,
1917-yil, 15-avgust, №30.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|