Qo’yar hayratda mani, lutf ila holim so’rushing...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Qo’yar hayratda mani, lutf ila holim so’rushing...
by Avaz Oʻtar

Qo’yar hayratda mani, lutf ila holim so’rushing,
Tani ‘bemorim aro shavq o’tini yondurushing,
Turfaroq nozu adolar bila bo’yning burushing,
Jong’a orom berur jonda alifdek turushing,
Ko’nglum oromin olur ruhi ravondek yurushing.

Chun kelibsan bu kecha zohir etib rasmi vafo,
Ne bo’lur soati orom gar etsang, jono,
Ki erur mug’t(d)anam ichmak qadahi ruh fizo,
Beradur bazmima firdavs kabi fayzu safo,
Yuz latofat bila gul xirmanidek o’lturushing.

Aytgil hijroning aro dardima nedur chora,
Rahm etib holima, ey qosh ila ko’zi qora,
Ki tamannoyi visoling bila ko’ksum yora,
Qiyibon pardai jonnm qiladur yuz pora,
Lahza-lahza boqibon ko’z uchidin qiymurushing.

Ne ajab vasl aro ul sandin o’kush o’rguladur,
Ki firoqinda anga, vah, ne balo g’am keladur,
Har qachon la’li labing nukta sori ochiladur,
Tanima jon beradur, balki tanim jon qiladur,
La’li jonbaxshing ochib lutf ila nukta surushing.

Lablaring lazzat aro shahd ila shakkar bu esa,
Qomating bog’i nazokatda chu ar’ar bu esa,
Zulfi shabrangging ila xatti muanbar bu esa,
Sunmayin sabrg’a qolg’aymu bo’yun gar bu esa,
Kulahing nozu ado go’shasini sindurushing.

Qo’yung ushbu yo’l aro gomingiz, ey jon ko’ngul,
Avaz oso gum etib nomingiz, ey jon ko’ngul,
Ketmagay behuda olomingiz, ey jon ko’ngul,
Ne’mati maqsad esa komingiz, ey jon ko’ngul,
Xoni husniga boqib Ogahiydek telmurushing.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse