Qo‘limda pora yo‘q ekmak, yemakka zor miskinman...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Qo‘limda pora yo‘q ekmak, yemakka zor miskinman...
by G‘urbat

Qo‘limda pora yo‘q ekmak, yemakka zor miskinman,
Aqiqdin ham qizilroq bebizoat xor miskinman…

Deyolmay hasratimni notavon ko‘nglum bo‘lib g‘amgin,
Qaram aylang menga bir marhabo nochor miskinman.

Agar o‘ldim desam och, kimsa shafqat xubzini vermas,
Bu pinhon nuktadin quvvat ketib afgor miskinman.

O‘qib ilmi qanoat darsini, qilmay tama’ eldin,
Izojo alqazomen shiddatil jo‘yor miskinman.

Jujuqlar xotirimda har nafasda yuz murur aylar,
Parishonlikda ahvolim kechib bezor miskinman.

Ubaydullo otim bor arsada, ammo laqab G‘urbat,
Buxoroda musofir sohibi ash’or miskinman.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse