Jump to content

Qizil madaniyatchilar g‘alabasi

From Wikisource
Qizil madaniyatchilar g‘alabasi (1927)
by Botu
334745Qizil madaniyatchilar g‘alabasi1927Botu

(Vadud qurultoydan la’natlar ostida haydaldi)

…Jumhuriyatimizda madaniyat jabhasiga juda katta e’tibor qilinib, butun kamchiliklarni tuzatishga kirishilganda ko‘b yomon kuchlarga duch kelinib, ularga zarba berildi va bundan so‘ng ham qattiq zarbalar berilgusidir. Ma’lumki, bu jabhada hech bir “bo‘ri” qo‘y terisi yopinish bilan o‘z “bo‘ri”ligini yashirib qololmaydi. Ya’ni, haqiqiy o‘lsa aytilmas qizil madaniy kuchlarimiz ularning “teri”larini ochib sirlarini har vaqt fosh qiladirlar. Mana bu da’voning isbotini Madaniyatchilarning 2 nchi qurultoyi ko‘rsatib turadi.

Cho‘lpon bir necha “inqilobiy”namo she’rlar yozib sanoqsiz aksilinqilobiy narsalarni ko‘chama-ko‘cha tarqatib yurar ekan, ochiq va yashirin suratda yosh miyalarni zaharlab turar ekan, albatta qizil madaniyatchilar “keng yurakli” bo‘lib turolmaydirlar. Proletariat mafkurasi uchun xizmat qilishg‘a belini mahkam bog‘lag‘an kuchlarning o‘sishi, yuqorilashi uchun harakat qilish o‘rnig‘a “Cho‘lponlar”ning zaharlarini yoyish, ko‘paytirish hech bir proletariat kishisining ishi emasdir. Qizil madaniyatchilar “Cho‘lponlar”ning zararli narsalarini so‘ng darajada qattiq tanqid qilib Shokir Sulaymonni sahnada uzoq olqishlar bilan qarshi oldilar. Mana bu hol proletariat madaniyati uchun xizmat qilmoqchi bo‘lg‘an yosh kuchlarning har birining qo‘ltug‘ida butun qizil madaniyatchilar ko‘makchi ekanligini ko‘rsatmadimi?! O‘rtoq Ikromif o‘z so‘zida Cho‘lponni tanqid qilishimiz yosh miyalarni uning zaharlaridan saqlash uchundir; Cho‘lponning yolg‘iz o‘zini tuzataman deb yosh miyalarning zaharlanishiga qat’iyan yo‘l qo‘yolmaymiz, dedi. Bu juda to‘g‘ri.

Cho‘lponning yolg‘iz emasligini uning tarafida qora guruhlar borlig‘ini va ularning tilaklari qobqora ekanini kim bilmaydi. Qaysi bir madaniyatchimiz anglamaydi. Cho‘lpon, o‘rtoq Akmal Ikromif aytganicha o‘z gunohlarini iqror qilib, mehnatkash ommasidan samimiy suratda afv so‘rar ekan va to‘g‘ri ishlashga va’da – chin va’da berar ekan, biz uni yomon chuqurg‘a irg‘itmaymiz. Hozir Cho‘lponni Vadudlar juda sevadilar va yuqori ko‘taradilar. O‘zbekistonning butun qizil madaniyatchilari bo‘lsa Vadudlarni o‘z oralaridan la’natlarga ko‘mib haydaydilar…

Botu

“Qizil O‘zbekiston” gazetasi 1927-yil 11-oktabr.


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"