Qizarish

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Qizarish  (1922) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Nechun qizardi yuzing qip-qizil anor yanglig‘?
Dilingda o‘ynoqi bir sharpa o‘tdimi shoshilish?
Ko‘zingda kuchli havaslarning izlari qolmish…
Qizarmog‘ing, yo‘q esa, sirli ipgami bog‘liq?

Qizarganingda labingdan-da bir tilak uchdi,
Uning qanotlari ko‘nglimga g‘amli yel urdi.
O‘yimni ul tilaging birga ilgari surdi
Va ko‘kda bir to‘da aldamchi sevgilar quchdi…

Nechun, nechun yana ko‘zlarda tomchilar o‘ynar?
Nechun, nechun bu alamlarni ko‘mmadik birga?
Nechun, ularni tashiylikmi so‘ng qo‘nuq – go‘rga?
Nechun yuzing yana so‘lg‘in, nechun uzun o‘ylar?

Labingda birgina so‘z bor, faqat deyolmaysan,
Nechun, uni demakka kechmishingmi qo‘ymaydir?
Nechun meni ko‘rasan, so‘zlay, inday olmaysan?
Nechun sening qarashing o‘yga hech to‘yolmaydir?

Bir oz… bir oz ochilib so‘zla, anglatib ber sen,
Labingda mangu yopiq qolmasin u birgina so‘z.
Go‘zal chechakdek ochilsin so‘nik va so‘lg‘in yuz
Va men-da dardingga bir chora, bir shifo topayin.

Labingda qolsa u so‘zlar, yana o‘shal qizarish,
Yana ko‘nglingda haromi va o‘ynoqi sharpa,
Yana so‘lish va o‘chish… mangu, doimo qarg‘ish,
Bitar, ketar shu balolar… labingga jon kirsa!

Nechun yuzingda qizil cho‘g‘ kabi yonish, qizarish?
Yararmi menga-da bilmak: nechun, nechun bu ish?..

Buxoro (Harbiy xastaxona).
1922, 5–fevral

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse