Qish kechalari
(Bolalar uchun)
Bolalarim, sizlarga
Ko’p yaxshidur qishqi tun.
Erinibgina yotasiz
Tancha issig’, cho’g’ qizg’in!
Gohi-gohi chiqib tanchadan
Quvalashib o’ynaysiz.
Esga tushgan o’yinning
Hech birini qo’ymaysiz.
Shovqun qilib, baqirib,
Chaqirasiz, changlaysiz.
Eng so’ng: yotib kampirning
Cho’pchagini tinglaysiz!
Tashqarida: qor – bo’ron,
Zahar to’kar qora qish.
Undan qo’rqub to’qtalmas,
Sizda o’ynash va kulish.
Ammo bu xil sevinchlar,
Hammada ham bo’lmaydur.
Hammaning ham bolasi
Qishda o’ynab kulmaydur.
Yer yuzida juda ko’p
Yo’qsul, yetim bolalar.
Bechoralar nong’a ham
Yaxshig’ina to’ymaylar.
Ba’zilarning yosh choqda
Onalari o’lgandur.
Shundoq qilib yoshliqdan,
Gul yuzlari so’lg’andur.
Ular uchun na tancha,
Na o’tun bor va na cho’g’.
Na cho’pchaklar aytgali,
Na sevgali kishi yo’q…
Shundoqlarni ko’rsangiz,
Ko’ngillarin ko’taring.
Yo “aka”, yo “uka” deb,
Birga turung, bir yurung!..
Asli ruschadan.
Chorjo’y, 1922 yil, 29 fevral.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|