Qildilar ahli riyo o‘zlarin eshon yangliq...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Qildilar ahli riyo o‘zlarin eshon yangliq...
by Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy

Qildilar ahli riyo o‘zlarin eshon yangliq,
Bildilar hiyla ishin bu bila oson yangliq.

El ko‘ziga o‘zlarin ayladilar qutbi zamon,
Qalbiga boqsa kishi, surati bejon yangliq.

Hiyla-yu makr ila elni o‘ziga qildi murid,
Surati shayxnamo, siyrati shayton yangliq.

Ma’raka sadri bo‘lub, bermayin ilm ahliga jo
Bilmayin ilmu adab rasmini hayvon yangliq.

Nazr deb hiyla-yu talbis ila el molin olib,
Hazar etmay yedilar gurgi biyobon yangliq.

Xaylini rohi zalolat sarig‘a boshlag‘ali,
O‘g‘rilik xojasiga qilg‘uvchi do‘xon yangliq.

Xohishi nafs uchun ayladilar muncha fusun,
Shavqiyo, qilma o‘zing botini yolg‘on yangliq.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse