Qazoyi osmoniylar

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Qazoyi osmoniylar  (1922) 
by Abdulla Qodiriy

Kichkina feleto‘n

Shu kecha-kunduzda bir qancha qazoyi osmoniylar yog‘ilib ketdi. Jumladan:

— «Inqilob» jurnalig‘a material topa olmag‘ani uchun o‘rtoq Nazir To‘raqulov istirohat bahonasi bilan Xitoyg‘a qochib ketmakchi bo‘lib turadir.

— «Inqilob» jurnalining ko‘makchi muharriri bo‘lg‘an zot bobarakot Bo‘lat Soliyev bir necha vaqtdan beri Buxoroda e’tikofda edi. Endi Toshkand qishloqlaridag‘i azizlar qabrin tunab chiqmoqg‘a azmlanib yo‘lg‘a chiqg‘an. Tunashdan so‘ng Bo‘lat afandining ahli karamotdan bo‘lishi kutiladir.

— «Inqilob» jurnalimiz mas’ul mudiri Hodi Fayziy afandi adresini «Inqilob»g‘a tiqishdirdi-da, o‘zi allaqaysi go‘rga qochdi.

— Yildagi kabi bu yil ham tosh qizig‘i bo‘luv bilan Shapoq maxzumning jununi qo‘zg‘ab, kishanga tushayozdi. Rivoyatlarga qarag‘anda «Qizil bayroq» gazetasi kundalik qilinmasa kishanni ham uzmoqchi emish.

— Ichki Rusiyada un o‘g‘rilari ko‘paygani uchun Piyonbozorning unfurush juhudlari Toshkand fuqarolarining qonlari barobariga insoflarini sota boshladilar.

— Tatar adiblaridan bo‘lg‘an Abdurahmon Sa’diy bilan Ne’mat Hakim ibdoshlar yelimlik til talasha boshladilar.

— Mashhur yozg‘uvchi Kabir Bakir afandi Buxoro bilan Toshkand orasida ispikulatsiya butxonasig‘a cho‘qinub turadir. Keyingi kunlarda «Chin haqiqat yozuvda emas, bozorda ekan»ligini ham ulug‘ bir miting‘da leksiya tariqasida so‘zlagan.

— Kompozitor G‘ulom Zafariy qish bo‘yi ermak qilib chiqqan «Chin Temir botur» operasini ilmiy hay’atka yaxshi baho bilan sotib, e’loni iflos qildi. Endi bunday operalar yozib, tiriklik qilmoq mumkin ekanligiga imon keltirib, xalq cho‘pchaklarini so‘rab, xotin-qizlarni bezor qila boshladi.

Julqunboy

«Qizil bayroq» 1922 yil, 13 may,173-son

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse