Qaysi bir gul yuz sunabar qadga desam bir qara...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Qaysi bir gul yuz sunabar qadga desam bir qara...
by Muhayyir
332895Qaysi bir gul yuz sunabar qadga desam bir qara...Muhayyir

Qaysi bir gul yuz sunabar qadga desam bir qara,
Ko‘z solish birla mani mahzunni aylar masxara.

Emdi bildim shahr ichida e’tiborim yo‘q ekan,
Manga lozimdur nishiman aylasam dashtu dara.

Lola dog‘ini ko‘rib shoyad ko‘ngul topsa qaror,
Bor ekan deb men kabi olamda ham bag‘ri qara.

Yod etib dilbar ko‘zin oqsa yoshimdin chashmalar,
Uchrasa har lolazor ichra agar ohu bara.

Bu biyobonda fano bo‘lg‘on kishilar yoshidur,
Chashma bo‘lsun yoki favvora va yoxud sharshara.

Qoyil o‘lmasdur ajalni panjasiga, voqif ul,
Gar sanga temur uyu fo‘lod bo‘lsun panjara.

Ey Muhayyir, shuqr qil, el ta’nasidin g‘am yema,
Kim bilurki tongla kim siyqaduru kim sara.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse