Qat’iy damlarda

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Qat’iy damlarda  (1923) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Bundan 50-60 yil ilgarigi Fransiya-Germaniya urushida Fransiyani yanchib, ezgan Germaniya bukun Fransiya ostida yanchilib bormoqdadir. Ilgari “g‘olibiyat” bilan gerdayib, katta-kichikni, yosh-qarini, gunohli-gunohsizni ajratmay yastag‘an germon afiserlarining “sharaflik” vazifalarini bukun Rur muzofotida fransuz afiserlari ortiq darajada qobiliyat va “ustaliq” bilan ado qiladirlar.

Rurdagi fransuz yovvoyilig‘i og‘izlarda doston, tillada maqol bo‘ldi. Gʻarb gazetalaridan ba’zi birlari fransuz panjasida Rurning kundalik voqealarini yozar ekan “jabr va zulm shuunoti” degan ma’nilik bir sarlavha qo‘yadirlar.

Shu holda… shu holda butun shu “jabr va zulm”ga ko‘ndalang bo‘lg‘an Germaniya xalqi, olmon millati o‘zining muvosachi hukumatidan qanday qiziq, qanday ajib nag‘malarni eshitadir! Bu kun shu nozik daqiqada, mas’alani yo uyoq, yo buyoq qilib, uzul-kesil hal etaturg‘an qat’iy damlarda, “muvosachi” afandilar qanday fikrda yuradirlar? Shunday nozik va qat’iyat talab etgan damlarda, Prussiya doxiliya noziri muvosachi Zvering turub:

“Germaniyaning millatchi-teskarichilariga qattig‘ hujum qiladir”.

Prussiya Millat majlisida zo‘r tantana va dabdaba bilan bir nutq so‘zlab bir tarafdan:

“O‘nglar tashkilotining tarqatilib, qurol-yarog‘lari tortib olinishini talab qiladir”.

Ikkinchi tomondan esa:

“Ortiqcha buzulub, yo‘ldan chiqib ketgan teskarichilar bosqinidan ishchi xalqni muhofazat qilmoq uchun tuzulgan ishchi tashkilotlarining ham tarqatilishini talab qiladir.

Holbuki, Zveringning bu harakati, bu hujumi aslida ko‘brak ishchilarga qarshidir. Muvosachilarning o‘nglarga hujumi, ko‘brak, tildagina bo‘ladir”.

Ahvol juda mujmal, juda chuchmal. Qat’iy bir yo‘l tutulmag‘anda bu mujmal ahvoldan qutulub bo‘lmas. “Maskav pravda”si aytgandek:

“Shu mujmal ahvoldan qutulmoq uchun qo‘llarida muayyan bir prog‘ramlari, yo‘l-yo‘ruqlari bo‘lg‘an firqalar, podishohchilar bilan kammunist firqalaridir. Bularning avvalgilari mujmallikdan qutulmoq uchun, toj va taxtni tirgizib, yurt boshig‘a bir podishohni o‘tqazib qo‘yub, so‘ngra Fransiyaga qarshi urush ocharlar, ikkinchilari bo‘lsa mamlakatda haqiqiy o‘zgarish yasab, sho‘rolar Rusiyasi bilan ittifoq bog‘larlar.

Bu ikki firqaning qaysi biri zo‘r kelsa ham Fransiya bilan uzulishlik bor”.

Shuning uchun hozirg‘i chuchmal vaziyat orasida yuragi dukillab turg‘anlar orasida, faqat muvosachi Zvering va sheriklarininggina emas, Puanqara, Banar Lou, Kerzon ham Mussolinilarning ham qatorlashib turg‘anlig‘ini ko‘rub turamiz…

Har holda, bunday qat’iy damlarning birdan chiqib qolaturg‘an qat’iy voqealari ham ko‘b bo‘ladir!..

Q.

“Turkiston” gazetasi,

1923-yil, 6-aprel.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse