Jump to content

Qaro ko’z birla bir g’amza qilib yuz ming jafo qilma...

From Wikisource
Qaro ko’z birla bir g’amza qilib yuz ming jafo qilma...
by Sakkokiy
332419Qaro ko’z birla bir g’amza qilib yuz ming jafo qilma...Sakkokiy

Qaro ko’z birla bir g’amza qilib yuz ming jafo qilma,
Karashma birla olamni meningtek mubtalo qilma.

Mening bu xasta jonimg’a sening darding erur marham,
Qiyomatga tikin hargiz bu dardimg’a davo qilma.

Meni, ey oy, qo’rqarmen qilib dunyoda sargashta,
Eshiking tuproqin ko’zga topilmas to’tiyo qilma.

Firoqing bo’tasi ishra qonimni sizg’irur har dam,
Yuzumni oltun etkoli g’amingni kimiyo qilma.

Axir,begona deb giryon eshigindin quvar bo’lsang,
Kular yuz ko’rguzub avval kishini oshino qilma.

Bag’ir qon aylading javru jafolar birla, sultonim,
Ko’zum yoshi bila har dam yuzumdin mojaro qilma.

E Sakokiy, bu shah qobqin g’animat tut, chu zulfig’a
Ayoqin bog’lag’on qushsen, ucharg’a hech havo qilma.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.