Paxtachilik ishlari

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Paxtachilik ishlari  (1924) 
by Abdulhamid Choʻlpon

(«Yo‘qolg‘an paxta» vago‘ndan topildi)

Andijon uyezi «Haqqulobod» qishlog‘idag‘i paxtaqo‘m punktiga kuz boshidan har bir qishloqlardan paxtalar kela boshladi. Andijon uyezida eng ko‘b paxta beraturg‘an bizning mana shu Haqqulobod rayunidur.

Jag‘irag‘i mavqei ham juda keng. Shuning uchun allaqancha chaqirimlardan paxta yuklab kelgan aravalar xlopko‘mning tor saroyida tiqilishib toza qiynalib eslari ketadur.

3-4 kun bo‘ldi,hali ham paxtamni tortishka navbat tegmaydi, deb samovarlarda tumalashib yotqan dehqonlar juda ko‘p.

10-15 chaqirimlar naridagi qishloqlardan olib kelib tarozuga navbat kutub turg‘an qop-qop paxtalarni bir ko‘rsangiz edi!..

Ammo idora a’zolari ham tarozudan «akam»larning ulfatlari to‘ni yangi, so‘zi shiralik kishilarning paxtalari bo‘lsa torozuning ustida hamma vaqt naqd! Bir mo‘ylab bilan tortiladi. Bu mo‘ylab bilan pul olinadi. Munisi yana ortiqcha.

Haqquloboddan uncha uzoq emas,bir qishloqdan paxta yuklab kelgan bir dehqonning 3-4 kundani navbatga qo‘yg‘an bir qop paxtasit yo‘qolgan ekan. Yonimg‘a keldi: «Mulla aka o‘lib-tirilib olib kelgan paxtam saroyda yo‘qolib qoldur «nima qilaman?»deb aytadi. Bechora dehqonni ko‘rsangiz yig‘larsiz, oyog‘ida, ustida hech narsa yo‘q. Yo‘qalg‘an paxtasi to‘g‘risida «zavedish»dan qancha-qancha turtkilar, qancha cho‘rt-po‘rtlar eshitkan.

Xayr, men yo‘l ko‘rsatdim. Qo‘shchig‘a a’zo ekan,rayjroqo‘m orqali chora ko‘rildi. Bir vaqtda ko‘rsak vago‘nga yuklangan paxtalar orasig‘a «adashib» qo‘shulib ketkan ekan…

Hayriyat bechora dehqonning paxtasi topilib og‘zi qulog‘ig‘a yetdi.

Ammo keyingi kunlarda yana bir qop emas 13-14 qoplab yo‘qola boshladi. Lekin munisi ham singib ketmadi.

Rayjroqo‘mning harakati bilan bir idora a’zosining o‘zidan chiqqanlig‘i eshitildi. Shunisi qiziqkim, yo‘qolg‘an paxtalar punktning haqiqiy oshnalaridan yoxud «korchalon»larnikidan yo‘qolmaydi. Balki eng chet joylardan bir muncha mashaqqatlar bilan qiynalib olib kelgan to‘ni yirtiq, qo‘li qabarg‘an dehqonlarniki yo‘qoladi. Mana shundoq ahvollarni rayjroqo‘m tomosha qilib o‘tavermadi. Punkt mudirining qulog‘ini xiyla cho‘zdi ham darrov dehqonlar tomonidan bir kishini vakil qilib qo‘lig‘a yaxshig‘ina guvohnoma berib tarozuning teppasiga o‘turg‘uzib qo‘ydi.

Andijonlik

«Farg‘ona» 1924-yil № 227.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse