Parishon xotirimg‘a bir shirin mahvash xayoli bas...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Parishon xotirimg‘a bir shirin mahvash xayoli bas...
by Maxmur Koriziy

Parishon xotirimg‘a bir shirin mahvash xayoli bas,
Vale bu g‘am tuni hamdam bo‘lurg‘a xattu xoli bas.

Ne deb man lolayu gulni tamoshasini aylarman,
Boqib yuz ko‘z bilan ko‘rmoqqa ul jonon jamoli bas.

Jahonda har kishi o‘z matlabig‘a bo‘lsa gar vosil,
Chekib ko‘p ranju mehnat borsamu ko‘rsam visoli bas.

Ko‘rinsa mohi nav olam eli boqib duo aylar,
Qadimni xam qilib qilsam duo ikki hiloli bas.

Hama el sarv ila shamshod vasfin aylayur insho,
Manga yozmoqqa umrimcha aning qaddi niholi bas.

Muyassar aylasa yotsam aning ko‘yida borimcha,
Tiriklikdin nasibam bo‘lsa shuncha mohu sole bas.

Jahonni lazzatig‘a maylsiz bo‘lsam ajab ermas,
Qilurg‘a to‘tii jon to‘mai la’lida boli bas.

Qorong‘u dahr ichinda topsalar har kimsa bir Xizre,
Manga ul Mavlaviydek sodiqu sohib kamole bas.

Bu Maxmurni halok bo‘ldi, demang muhlik xumor ichra,
Munga hayvon suvi yanglig‘ mayi shirin ziloli bas.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse