Pardadin rux ochma gul, toki tikon o‘rtanmasun...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Pardadin rux ochma gul, toki tikon o‘rtanmasun...
by G‘urbat

Pardadin rux ochma gul, toki tikon o‘rtanmasun,
Nola aylab bulbuli bog‘i jahbn o‘rtanmasun,
Huru g‘ilmonu behishti jovidon o‘rtanmasun,
Tanda jon majruh bo‘lub ruhi ravon o‘rtanmasun,
Mahrami rozim yuzingdin xonumon o‘rtanmasun.

Maskanimni oldidin, ey nozanin, qilg‘il guzar,
Onchunon rasvoi davron men musofir darbadar,
Hamnishinlar jumlasi pinhon g‘amimdin bexabar,
Oshiqi zoringga toat nolai ohi sahar,
Kahrabo yanglig‘ yuzumdin za’faron o‘rtanmasun.

Qosido, keltur bu kun ma’shuqi gulruxdin payom,
Shod bo‘lmay xotirim hayratda ranjurmen mudom,
Oshyonim zulfi mahbubdin qarong‘u subhu shom,
Gar niqob ochsa gulistonda pariro‘ xushxirom,
Jabrail bismil bo‘lub gabriyon o‘rtanmasun.

Topmadim dardimga chora, ey tabibi ahli din,
yo‘q ekan oshiqlara osoyishi ro‘yi zamin,
Kimga faryodimni aytay, hasrato, deb, mahjabin,
G‘ussadin tortib uqubat g‘unchadek ko‘nglum hazin,
Sen kelib holimni so‘rsang oshyon o‘rtanmasun.

Ey nigorim, loladek ko‘ksumni asvad dog‘i bor,
Etti iqlimni kezibmen topmadim bir g‘amgusor,
Jumla maxfi sirlarim xurshid yanglig‘ oshkor,
Aylasang toki makonim kunjidin bir yo‘l guzor,
Lab ochib to so‘z bayon qilsam lison o‘rtanmasun.

Gardanim bori garonlardin bu kun zanjirdadur,
Ko‘z yumub o‘ttum yo‘luqsa doimo g‘ilmonu hur,
Topmadi yo‘l talx komimg‘a darig‘ ayshu huzur,
Shom ekan ahli muhabbatlarga ayyomi duxur,
Men kuyay tanho ko‘yungda qutsiyon o‘rtanmasun.

Muxtasar qil g‘ussadin, G‘urbat, meni bag‘rim kabob,
Ul quyosh doim yuzig‘a tortadur gulgun hijob,
Oshnq ahlig‘a.qilib ohu ko‘zi nozu itob,
Ittihodlig‘ rishtasin tutgan kishiga ko‘p azob,
Qilsa, gul ifsho o‘zin dorilamon o‘rtanmasun.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse