Otkritiye Kokand-Namanganskoy jeleznoy dorogi

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Otkritiye Kokand-Namanganskoy jeleznoy dorogi  (1912) 
by Isʼhoqxon Ibrat

Ushbu 7-iyulda Namangan otash aroba yo‘li bitib, oni ochilganligig‘a shukrona bayrami bo‘lubdur. Shul kuni soat birg‘a Xo‘qand istansiyasig‘a boyonlardin yig‘ilib, Namanganga boradurgon poyezni ko‘b ziynatlar berib, ul joyda duo va fotihalar qilib, ul yo‘lni(ng) binosig‘a sabab bo‘lgan odamlarni ham haqlarig‘a duo qilib bo‘lub, mazkur yasatulganni olib kelib siyr tortib qo‘ygan lentani kesib, aning ustig‘a «Namangang‘a salom!» deb yozgan yozuvni vokzolg‘a ro‘baro‘ qilib, ul poyezg‘a Namangang‘a shukrona bayramg‘a boradurgon odamlar tushub, alohida chiroylik qilgan, ustig‘a «Yaxshi soatda!» deb yozgan darvozadin poyez o‘tib, Namangong‘a qarab jo‘nab, o‘shal asnoda fotograflar va ham alohida chiqarilgan sinimotograf o‘shal yerda hozir bo‘lub, tasvirlarini olib turibdur. Ul poyez Chust istansiyag‘a rasmi yurishda yurub borib, andin keyin Sirdaryog‘a ko‘b xarajatlar bilan bino qilgan yog‘och ko‘frikdin o‘tub, ul yo‘llarda ko‘b joylarda ko‘b chuqur joylarg‘a qo‘frik solib, xususan, ikki chuqurlik joyg‘a biri sakkiz sarjin, biri o‘n ikki sarjin joyg‘a ko‘frik solib, bul ikki ko‘frik ul yo‘lni tezlik bilan bitmaslikg‘a sabab bo‘lubdur. Mazkur poyez Chust va To‘raqo‘rg‘on istansiyalarig‘a kelganda, qishloq fuqarolari taraflarindin mutasaddilar qarshi chiqib, non-tuz ushlab, Chust mutasaddilari Farg‘ona oblasti janob voyennыy gubernatorini noiblarindin hukumatdorlardin to‘suqqa ham otash arobani tezlik birlan kelmog‘ig‘a ionat ko‘rsatmoqlikni iltimos qilibdurlar va ham o‘z taraflaridin beoqcha ul otash aroba keraklik yerlarni bermoqlikg‘a va’da qilibdurlar. Poyez Namangang‘a kelgandin keyin istansag‘a nihoyatda ko‘b sartiyalar yig‘ilib, atrofdin, qishloqlardin umrida otash arobani ko‘rmagan odamlar kelib, ul otash arobani birinchi marotaba ko‘rub hayron qolib, poyez kelayotgan vaqtda oq sallalik odamlar adadi nihoyatda ko‘b 25000—30000 g‘a yetibdur. Namangang‘a yetib duo va fotiha qila boshlaganda, ul ko‘b hujum bo‘lgan sartiyalarni politsiyalar mashaqqatlar birlan tarqatib, chekkalarg‘a chiqoribdurlar. Poyez to‘xtagan joyda Namangan tarafdin ko‘b ziynatlik darboza qilinub, ul darvozani gilam va bayroqlar birlan ziynat qilinub «Xush keldilar!» degan so‘zni yozib qo‘yilgan ekan. Kelgan mehmonlarni namanganlik mutasaddilar ko‘b yaxshi qarshi olib, hozirda bitmagan vakzal yaqinida besh adad odamg‘a dasturxon tayyor qilib, ziyofat qilib, ko‘b ajoyib mushaklar ham tayyor kilingan ekan. Ikki nafar askariya muzikanlar nag‘ma cholib turubdurlar. Ul nag‘magarlarni biri Xo‘qanddin poyez birlan yo‘llarda mashq qilib kelibdur. Ziyofat taom vaqtida o‘lturgan odamlar ko‘b qulluqlar etib, ul baland darajalik Turkiston general gubernatori otliq askarlarni ginirali Samso‘nuf janoblaridin muborakbod qilib yuborgan telegromni o‘qubdurdilar va ul temir yo‘lni binosig‘a va taraddud qilgan odamlarni salomatliklarini va Turkiston viloyatini obodonchiligini tilabdurlar va yana ko‘b adad muborakbod qilib yuborgan telegromlar o‘qulibdur.

Shul tariqa qilib, Namangan shahri ul birinchi poyezni qarshi olmoqlikg‘a xarajatni ayamabdurlar va soat 4 da erta birlan Namangandin ul poyez Xo‘qandg‘a qarab borgan mehmonlarni olib jo‘nab, soat 8 da Xo‘qandg‘a kelibdur.

Turkiston viloyatining gazeti, 1912 yil, №54, 15 iyul

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse