Oshiq o‘lding, ey ko‘ngul, joning kerakmasmu sanga...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Oshiq o‘lding, ey ko‘ngul, joning kerakmasmu sanga...
by Ogahiy

Oshiq o‘lding, ey ko‘ngul, joning kerakmasmu sanga?
O‘tg‘a kirding jismi uryoning kerakmasmu sanga?

Istabon ul yuz tamoshasini ko‘zdin damba-dam,
Qon to‘karsan chashmi giryoning kerakmasmu sanga?

Hardam etkung orzu kofir ko‘zi nazzorasin,
Qil hazarkim naqdi imoning kerakmasmu sanga?

Lutfung etding xasta ko‘nglimdin darig‘, ey shohi husn,
Bu gadoyi zori hayroning kerakmasmu sanga?

O‘zgalarga iltifoting aylading maxsus, bu
Mustahiq lutfu ehsoning kerakmasmu sanga?

Sel g‘amdin xonavayron o‘ldimu yod etmading,
Aytkim bu xonavayrining kerakmasmu sanga?

Ogahiy holin ko‘rub doim tag‘ofil qilg‘osan,
Shoiri donoyi davroning kerakmasmu sanga?

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse