Oshiq ermastur kishi devona bo’lmasa...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Oshiq ermastur kishi devona bo’lmasa...
by Ubaydullaxon
332495Oshiq ermastur kishi devona bo’lmasa...Ubaydullaxon

Oshiq ermastur kishi devona bo’lmasa,
G’am dashti ichra sokini vayrona bo’lmasa.

Ne oshiq o’lg’ay ul kishikim jonu ko’nglini,
O’z dilbarig’a sarf etib, afsona bo’lmasa.

Kelmas o’ziga oshiqi madhush soqiyo,
Ohu fig’onu na’rai mastona bo’lmasa.

Bo’ston aro ochilmag’usi g’unchadin ko’ngul,
Gul mavsumida bodayu paymona bo’lmasa.

G’am kulbasida naylag’ay erding, Ubaydiy,
Soqiyu jomu mutribu paymona bo’lmasa.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse