Oq bulutlar bilan to‘lqinlar

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Oq bulutlar bilan to‘lqinlar
by Robindranat Tagor, translated by Abdulhamid Choʻlpon

– Onajon, u… oq bulutlarda yashayturg’on kishilar menga mana munday deb baqirdilar:

– Biz uyqudan uyg’ong’an vaqtimizdan boshlab to kun tugalishigacha o’ynaymiz! Biz ertabilangi tong otishining oltunlari va oyning kumush yorug’liqlari bilan o’ynaymiz!”

Innaykin, men so’radim: “Unday bo’lsa men qanday qilib u yerga sizning yoningizg’a chiqa olamen?”

Ular javob berdilar: “Erning eng chekka yeriga qirg’og’ig’a kelib qo’llaringni ko’kka uzatsang, oq bulutlarg’a tortib olinursen”.

“Onajonim uyda meni kutib qoladir-da, uni tashlab qanday men sizning yoningizg’a chiqamen?” dedim men.

Shundan keyin, ular bir kuldilar-da, uchib ketdilar.

Lekin men ularnikidan allaqancha yaxshi bo’lg’on o’yyunlarni bilamen, onajon.

Men oq bulutlar bo’lamen-da, sen oy bo’lasen.

Men ikki qo’lim bilan yuzimni to’samen, uyimizning tomi bo’lsa ko’m-ko’k osmon bo’ladir…

To’lqunlarda yashayturg’on odamlar menga mana munday deb baqirdilar:

“Biz erta bilandan to kech tungacha qo’shuq aytamiz, biz to’qtamasdan aylanib yuramiz va to’qtayturg’on joyimizni ham bilmaymiz”.

Innaykin men so’radim: “Unday bo’lsa men sizga nechuk qo’shula olamen?”

Ular javob berdilar: “Qirg’oqning eng chekka joyiga kelib ko’zingni chip yumub, tursang to’lqunlarg’a o’tub qolasen”.

Men aytdim: “Mening onam har kun kechasi mening uydan jilmasligimni xohlaydir. Men uni qanday tashlaymenu sizning yoningizg’a boramen?”

Shundan keyin ular kulushib o’yyung’a tushishdilar-da, ketib yo’q bo’ldilar.

Lekin men undan yaxshi o’yyunlarni bilamen.

Men to’lqunlar bo’lamen-da, sen yot qirg’oq bo’lasen.

Men sening quchog’ingg’a yugurib borib kiramen, yugurib borib kiramen, yugurib borib kiramen-da qahqahlab kulub turub tizzangda sochilib ketamen va ikkovimizning qaerda ekanimizni dunyoda hech kim bilmaydir…

  This is a translation and has a separate copyright status from the original text. The license for the translation applies to this edition only.
Original:

This work is now in the public domain because it originates from India and its term of copyright has expired. According to The Indian Copyright Act, 1957, all documents enter the public domain after sixty years counted from the beginning of the following calendar year (ie. as of 2024, prior to 1 January 1964) after the death of the author.

Public domainPublic domainfalsefalse

Translation:

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse