Oktyabr

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Oktyabr  (1930) 
by Abdulhamid Choʻlpon

1

Ey, bukun, ey bu kun
Dunyolar sarsildi!
Fikrlar, xayollar,
Roʼyolar sarsildi!
Ey, bukun olovlar
Dunyoni yondirdi!
Insonlar och yerni
Qonlarga qondirdi!
Ey, bukun koʼklarda
Quyoshlar tutuldi.
Ey, bukun shamollar,
Boʼronlar quturdi!
Ey, bukun jahannam
Olovlar pushkurdi;
Ey, bukun vulqonlar
Zulmatka tukurdi!
Ey, bukun chaqmoqlar
Chaqdilar, chaqdilar…
Ey, bukun toʼfonlar
Oqdilar, oqdilar…
Ey, bukun doʼl kelib,
Olamni yiqqan kun!
Ey, bukun kurramiz
Mehvardan chiqqan kun!..

2

Yoʼq, doʼstim, hovliqma,
Xayolga berilma,
Ortiqcha hashamga
Berilib, soʼz dema.
Hech narsa boʼlmadi:
Na toʼfon, na vulqon.
Yolgʼiz, xaq yoʼllarda
Oqdi qon, oqdi qon…
Yolgʼiz bir harakat,
Qimirlash koʼrildi,
Chayladan chiqilib,
Oʼrdaga yurildi.
Osildi «yoʼq» – «bor»ga,
Yoʼqsullar boylarga,
(Hech narsa boʼlmadi
Kun, bulut, oylarga.
Tabiat jim qoldi;
Na issiq, na sovuq.
Oktyabr oyida,
Kuz ketkan,
Qish yovuq.)
Qoʼzgʼoldi och qolgʼan,
Entikkan, bir yigʼin,
Oʼlimning koʼziga
Koʼz tikkan bir yigʼin.
Qoʼzgʼaldi bechora,
Yalangʼoch jamiyat,
Koʼksida yonardi,
Lekin bir hamiyat!
Oʼlimga zavq ila
Sudragan hamiyat!
Oʼlimdan oʼzgani
Koʼrmagan hamiyat!
Hamiyat, yo gʼazab,
Yo shiddat…
Bari bir!
Yolgʼiz u – dunyoning
Fotihi, olamgir!
Аna shul hamiyat,
Аna shul jamiyat,
Аna shul iroda,
Аna shul haq niyat.
Zolimning qoʼlidan
Qudratni oldi-da,
Oʼzining maxsuli –
Zindonga soldi-da,
Oʼzicha yashashning
Yoʼlini qaradi,
Oʼziga bir olam
Qurmoqqa yaradi.
Shugina:
Doʼl kelib,
Olamni yiqmadi,
Va yerning kurrasi
Mehvardan chiqmadi.

3

U kunning kuyi ham,
Sheʼri ham koʼp sodda,
Lekin u soddalik,
Ravonlik oldida:
Doʼllarning olamni yiqishi:
Hechdir!
Kurraning mehvardan chiqishi:
Hechdir!

1930 yil

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse