Ohkim, yor menga yor o’lmas...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ohkim, yor menga yor o’lmas...
by Umarxon

Ohkim, yor menga yor o’lmas,
G’ami o’lturdiyu g’amxor o’lmas.

Ne balo nozu tag’ofildur ango,
Kuydim ishqida — xabardor bo’lmas.

Bulhavas ishq ramuzin na bilur,
Bexirad mahrami asror o’lmas.

Zulfi birla na taloshur sunbul,
Har xashak nofai totor o’lmas.

Orazin ko’r xatidin o’lma malul,
Qaysi guldurki anga xor o’lmas.

Ishq vayronasidur turfa maqom,
Anda hargiz daru devor o’lmas.

Kulmangizlar meni rasvolig’ima,
Telbada nang bila or o’lmas.

Nigorondur ko’zum oyina misol,
Nega shoyistayi diydor o’lmas.

Oshiq o’ldum,nega sendin yoshuray,
Begunoh mo’jibi inkor o’lmas.

Bu jamolu bu latofat birla,
Kimdur ul senga giriftor o’mas.

Qaysi kundurki yuzung hasratidin
Ko’zlarim ashk ila sarshor o’lmas.

Xatidin shikva na hojat, ey ko’z,
Qaysi oyinada zangor o’lmas.

Na bilur ishqni kayfiyatini,
Yaxshilarf’a kishi hamroz o’lmas.

Har ko’ngul ishqdin ogoh ermas,
Har sadafda duri shahvor o’lmas.

Gavhari nazm bahosizdur, Amir,
Anga har sifla xaridor olmas.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse