Ohkim, shod aylamas kulbamga jononim kelib...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ohkim, shod aylamas kulbamga jononim kelib...
by G‘urbat

Ohkim, shod aylamas kulbamga jononim kelib,
Jon berurman so‘rsa bir yo‘l mohi tobonim kelib.

Hasratidin o‘rtanib kuymay netarmen, do‘stlarim,
So‘rmasa holimni ul sarvi gulistonim kelib.

Solmadi zulfini bo‘ynumg‘a parivash sarvari,
Bir o‘zi hijron tuni kokilparishonim kelib.

Onchunon xummor edim, vahdat sharobidin meni
Naylayin shod etmasa soqiyi davronim kelib.

Nolai zorim Surayyoga nechuk yetmas sahar,
Yoqmasa bag‘rimga o‘t ul ofati jonim kelib.

Mubtalo men dardu g‘amga dahr aro har mohu yeol
Dardga darmon aylamas ul mushkulosonim kelib.

Shod bo‘lmas xotirim G‘urbat sabo axboridin,
Pursishi hol etmasa to la’li xandonim kelib.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse