Ohkim, devona ko’nglum, mubtalo bo’ldi yana...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ohkim, devona ko’nglum, mubtalo bo’ldi yana...
by Gadoiy

Ohkim, devona ko’nglum, mubtalo bo’ldi yana,
Bu ko’ngilning ilkidin jong’a, balo bo’ldi yana.

Do’sttin oyirdi bu charxi jafogustar yana,
Ey darig’o, hojati dushman ravo bo’ldi yana.

Necha bo’lsun, soqiyo, oxir g’ubori xotirim,
Tut mayi sofiyki, hangomi safo bo’ldi yana.

Xushdurur oyo pari paykar bila gulkashtkim
Bo’ston-u bog’i Eramtek, dilkusho bo’ldi yana.

Oh evindin qo’ymas erdin chiqqali, ey shum raqib,
Shukrlillah, borikim, yuzung qaro bo’ldi yana.

Chini zulfindin dam urmog’liq ne nisbat, ey abir,
Bu kinoyat bori sendin, bas, xato bo’ldi yana.

Shod bo’lg’il, ey Gadokim, mavsumi navro’zidin,
Gulbuni ummid bobarg-u navo bo’ldi yana.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.