Oh, o’lturdi firoq ul gul uzorimdin yiroq...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Oh, o’lturdi firoq ul gul uzorimdin yiroq...
by Atoiy

Oh, o’lturdi firoq ul gul uzorimdin yiroq,
Lola yuzluq, sarv bo’yluq to’g’ri yorimdin yiroq.

Nola qilsam har zamon ayb etmang, ey ushshoqkim,
Andalibi benavomen lolazorimdin yiroq.

Ixtiyor ettim ul oyni ikki dunyodin, vale
Netayin soldi falak o’z ixtiyorimdin yiroq.

Sa’y etar zohid meni jannatning eski bog’ina,
Men borurmenmu yuzungdek navbahorimdin yiroq.

Menda ham sabru qaroru aqlu hushe bor edi,
Ne baloliq ishq edikim, soldi yorimdin yiroq.

Gar falak o’ltursa yuz qatla meni, hech bok emas,
Bu o’lumdurkim, o’ladurmen nigorimdin yiroq.

Ketmagay o’lsam Atoiydek bo’yung sarvi uchun,
To qiyomat sayayi rahmat mozorimdin yiroq.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse