Og’riganda
Appearance
Bo‘g‘iq, qisiq, asabiy bir ko‘ngil bilan tun-kun
To‘shakda, o‘ylar orasinda o‘g‘rashib yotmoq
Og‘ir… qiyin…
– Bu yotishning so‘ngi, so‘ngi kelsun!
Yozilmaganmi bu tunlar so‘nginda tong otmoq?
Ko‘zimda erta va kech bir yig‘in xayol ochilar,
Xayol bilan ko‘raman: ko‘k yuzi bulutli kabi…
Butun ko‘ngil va yuraklar olovli – o‘tli kabi,
Bulut ko‘zidan esa yerga og‘u – yosh sochilar.
Menim o‘yimmi qora? Yoki yurt ko‘kida bulut,
Quyuq bulut to‘dasi qonli yosh to‘kib yig‘lar?
Menim bu xasta dilimni yana nechun tig‘lar?
Menim-da ko‘ksima yoqmoqmi istar ul bir o‘t?
Bo‘g‘iq, qisiq bu ko‘ngil kuchli o‘t bilan yonadir,
U o‘t orasida yurtning xayoli jonlanadir…
Buxoro. 1922, 16 fevral
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|