Ochmag'ay erding jamoli...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ochmag'ay erding jamoli...
by Alisher Navoiy

Ochmag'ay erding jamoli olamoro koshki,
Solmag'ay erding bori olamda g'avg'o koshki.

Chun jamoling jilvasi olamg'a soldi rustaxez,
Qilmag'ay erdi ko‘zum ani tomosho koshki.

Bo‘lmag'ay erdi ko‘zum o‘tlug' yuzung ko‘rgan zamon,
Ishqing o‘ti shu'lasi ko‘nglimda paydo koshki.

Aylagach ishqing balosi zor ko‘nglimni hazin,
Qilmag'ay erding meni mahzung'a parvo koshki.

Tushmag'ay erdi firibomez lutfung bilmayin,
Notavon ko‘nglumga vaslingdin tamanno koshki.

Lutf ila ko‘nglumni vaslingdin talabgor aylabon,
Qilmag'ay erding yana zulm oshkoro koshki.

Bevafolig' aylag'ach ishqingni ko‘nglum tark etib,
Qilmag'ay erdi o‘zin olamda rasvo koshki.

Emdikim devona-yu rasvoyi olam bo‘lmisham,
Vasl chun mumkin yo‘q o‘lturgay bu savdo koshki.

Ey Navoiy, bevafodur yor, bas, ne foyda,
Nechakim desang agar yoxud magar yo koshki.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse