O‘sh

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
O‘sh  (1915) 
by Abdulhamid Choʻlpon
Maqola Rizouddin ibn Faxriddin tomonidan Orenburgda bir oyda ikki marta chiqadigan mashhur «Sho‘ro» jurnalining 1915 yil 9-sonida «Cho‘lpon» imzosi bilan e’lon qilingan.

Farg‘ona oblastining eng kichkina shaharlaridan biri-da O‘sh shahridir. O‘sh shahri 40 ming qadar nufusli bir shahar o‘lib, Qashg‘ar hududina ot bilan 4 kunlik yo‘ldir. Qitoyning katta va eskidagi tarixiy shonlari bilan mashhur Qashg‘ar viloyatina Rusiyadan va butun Ovrupodan kelgan mollar shul O‘sh yo‘li bila ketadir. Har kun deyarlik 50 – 60 otli mol yuklagan karvon Qashg‘ar yo‘lida yurub turadir.
O‘sh shahri kichikkinarak bo‘lsa-da, oq va toza suvi, joy vaqtinda salqin havosi, bir tarafindan qob-qora dahshatli tovi bilan shul qadar matur manzara tashkil etadiki: tov boshina minib ostga qarag‘an vaqtda kishi o‘zini Shveytsariyaning mashhur Alp tovlarinda his etadir. Ma’lumdirki, Turkiston havosi joy vaqtinda bik issiq bo‘la, mana shul vaqtda salqin olmoq uchun Turkistonning har tarafindan keluvchilar ko‘payalar. Ikkinchi tarafdan: munda bir tov bor, bu tovi yerli xalq hazrat Sulaymong‘a nisbat berib, har turli yanglish e’tiqodlarg‘a cho‘malar. Emish, hazrat Sulaymon bir vaqtda devlarga taxtini ko‘tartub yurgan vaqtda O‘shg‘a kelub, shul tov boshinda bir necha vaqt taxt qurub o‘lturg‘an. O‘sh o‘rtasindan og‘ub turg‘an kichkinagina daryo bo‘yinda katta-katta 40 – 50 odam ko‘tara olmaslik toshlar bor. Mana shushiy tosh­larni hazrat Sulaymon devlari barmoqlari bilan tov boshinda yerga irg‘itqanlar. Yozin tov ustidagi mozor sharifni ziyorat qilurg‘a ziyoratchilar ko‘b kelalar. Muna hozir ziyo­ratchilarcha biz-da bir ziyorat qilib qarayiq.
Ul hazrat Sulaymon pok qabri sharifina boramiz. Ondin tushub, 50 – 60 qadar xayrchiga biror non yoki biror tiyindan oqcha ulashgach matur ham buyuk bir masjidga kiramiz. Masjidning bir chetinda bir ulug‘ qabri sharifni ziyo­rat qilib, onda turg‘an qoridan Qur’on o‘qutib, oqcha beramiz-da, ketamiz. Mozorning shayxlari (shayx – mozorlarda turub keluvchi va ziyoratchilarni ziyorat qildiruvchi, bergan narsalarni oluvchi odam) tarafindan soling‘an bir masjid bor. Shul masjid O‘shda musulmonlarning sinoat bila faxr etarlik birdan-bir muassasalaridir. Har tarafi kirpichdan ishlanub, ichinda mehrob­lari va atroflari musulmon bo‘yovchilari tarafindan Eski Turkiston tarzida har turli ziynatlar bila ziynatlangan masjidda har ikki bayramda O‘shning yartisi deyarlik shunda namoz o‘qiylar… O‘shda Ismoil hoji isminda bir boy bo‘lg‘an. Ul odamning suv bo‘yindagi bir parcha yerini «O‘sh elektriches­kiy obshestva»si elektrik istansasi uchun so‘rag‘an. Muna shul odam rizo bo‘lub sotqan. Usloviya (maohida) vaqtinda boy obshestvag‘a yuqorida zikr etulgan masjidni 20 yil oqchasiz yoqtiritmoq uchun shart qo‘yg‘an. Muna shul himmatli boyning o‘rinli tashabbusi soyasinda butun masjid 20 yilg‘a qadar oqchasiz yoqtirila. Yana biror himmatli boy chiqsa-da, mozori sharif yoninda tartibsiz va beusul yotqan maktabni tuzatdurub, yaxshiroq yo‘lg‘a qo‘ysa… Yuqoridagi boydan o‘rnak olsalar! Bu masjidga ming qadar xalq sig‘adir.
Muna bu masjidni ziyorat qilg‘ach masjid ortidag‘i qabrga kiriladir. Ondan o‘zub eski usulda bir binoni ziyorat qilina, ondag‘i shayxning ta’rifi bo‘yuncha bu xona «Makkai ajam» emish. Makkai a’rob Ka’batulloh bo‘lsa, «Makkai ajam» degan bir ka’ba-da bo‘la emish…
Ondan ikkinchi xona hazrati Xizr alayhissalomning qadamlari tekkan yer emish. Oni-da ziyorat qilg‘ach tov ustina minamiz. Tovning bir chetina chiqg‘ach bir mog‘oroga kirila, havosizlikdan tin olib bo‘lmiy. Bik ichka kirgach, qo‘lni suzsang, qo‘ling suvg‘a tiya. Muna shushiy suvdan ichasiz. Ul suvni Olloh taolo osmondan farishtalar ovzindan quydirib tura emish. Ondin-da chiqg‘ach bir shayxning yonina kelasing. Munda toshqa o‘yilg‘an kichkina bir teshik bor. Ul teshikda hazrat Sulaymon (a.s.) osh pishirgan emish. Bu teshikg‘a qo‘lni solg‘an kishi umrinda hech qo‘l ovruvi ko‘rmiy emish.
Ondin o‘tkach, yana bir shayx bor, ul shayxning xidmatida shular kabi bir tosh bor, shul toshg‘a yotasan, umringda bel ovruvi ko‘rmiysan.
Ondan o‘tasen, katta oq yurt, oldinda uch shayx o‘tura. Yurtg‘a kirub, har kim 2 rakaat namoz o‘qusa boshqa vaqtdag‘i yuz rakat namozning savobini toba emish. Onda hazrat Payg‘ambarimiz (s.a.v.) namoz o‘qug‘an emish-da, o‘turg‘an vaqtda tosh kenat o‘yulub ketgan emish. Muna bu-da ziyorat qilinaturg‘an yer… Shul yurt ortinda bir toshg‘a o‘yulg‘an yozuv ko‘rdim. Tonub bo‘lmiy, «tis’a» deganni o‘qub bo‘ldi… hamda ostindaroq yana: «Sulton al-Mahmud G‘az…». Bu tarafin topub bo‘lmadi. Mashhur sulton Mahmud G‘aznaviyga ishorat tugulmi ekan?
Ondan o‘tub, bir-ikki shayxni ziyorat qilg‘ach bir teshikka bosh ochub, boshimizni tig‘amiz, muna umrimizda bosh ovruvini ko‘rmiymiz… Shuning birla ziyorat tamom bo‘la-da, tushamiz.
O‘sh Turkistonning boshqa shaharlarina qaraganda har tarafdan so‘ngg‘a qolg‘an. Munda ikki usulda ikki maktab bor. Ikkisinda-da 60 adad bola o‘qub yotar. Bir «russkiy-tuzemniy» shkola bor. Munda-da kunduz 40 qadar, kech (vecherniy Qurs)da 30 qadar musulmon bolalari o‘qiylar. Munda chastniy o‘qub yuruvchilar-da 5-6 adad bor. Qiroatxona yo‘q. Munda ruslar-da yo‘q, deyarlik, oz. Kitobxona-da yo‘q edi. Ammo so‘ngg‘i kunlarda O‘sh yoshlaridan Qodirjon Qobiljonov ila Yusufjon Yunusov afandilarning kitobxona ocharg‘a ariza berdiklari eshitildi. Muvaffaqiyat tilaymiz.
Mana Turkistonning yaxshi havoli kichkinagina matur O‘sh shahrining ahvoli…

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse