O‘rta maktab imtihoni

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
O‘rta maktab imtihoni  (1923) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Shu hafta boshlarida Eski shahar dorulmuallimini (o‘rta maktab) shogirdlarining imtihoni bo‘ldi. Imtihon majlisiga maorif va hukumat idoralaridan kishilar va bolalarning otalari chaqirilg‘an. Majlisda odam ko‘b edi.

Imtihon boshlandi. Har bir dars ustida bolalardan qiyin va uzoq so‘roqlar so‘ralib, qanoatlanurlik javoblar olindi. Tajriba bilan ko‘rsatilishi kerak bo‘lg‘an darslar (kimyo, hikmat kabi) tajriba asboblari bilan ishlanib ko‘rsatildi. Asboblarning kamchiligidan ko‘z yumg‘anda tajribalar muvaffaqiyatlik chiqdi.

Imtihondan ko‘ruldiki, shogird va o‘qituvchilar o‘z saboqlarini tirishib o‘tkazganlar. Shogirdlarning handasa da’volarini isbot qilishlari, adabiyotni ochiq va to‘g‘ri tekshirishlari, sarf-nahvda juda olding‘a ketganliklari, tabiiyot va tashrih darslarini amaliy suratda ko‘rsata olishlari, ayniqsa rus tilidan o‘zbekchaga, o‘zbekchadan ruschaga osonliq bilan tarjima qilishlari va rus tili qoidalarini juda yaxshi bilishlari, anglizcha o‘quy boshlag‘anlari hammani hayron qoldirdi.

Imtihon majlisi yopilg‘uncha kelgan mehmon va otalarg‘a choy-dasturxon berilib turildi. Imtihon tugagandan keyin osh tortildi. Otalar shogird va o‘quvchilar haqiga duo qildilar.

Har kimda sevinch va quvonch izlari ko‘rilar edi.

Ch.

“Turkston” gazetaasi,

1923-yil, 1-iyun.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse