Nogoh ko’rubon mahvi

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Nogoh ko’rubon mahvi
by Boborahim Mashrab

Nogoh ko’rubon mahvi jamoling bo’la qoldim,
Oydek yuzingga boqdimu hayron bo’la qoldim.

O’t tutashib kuydi yuragim birla jonim,
Parvona bo’lub o’tga yuzimni ura qoldim.

Yuz g’amza bila chiqdi sanam may kadasidin,
Zunnor uzub, din bila imon sota qoldi.

Ko’rdumki,ajib ishvagaru dilbari tannoz,
Devona bo’lub ishqida o’tdek yona qoldim.

Diydori jamolini ko’rub ishq yo’lida,
Gulgun yonubon mavhi tomosho bo’la qoldim.

Hojat emas ul Ka’bai jononag’a bormoq,
Men gavhari maqsud bo’loyin deb yona qoldim.

Mashrab boshig’a tushdi o’shal kun g’ami dildor,
Shaydoyi bo’lub jumla havasdin qola qoldim.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse