Nigoro, ne bo‘lur kelsang, talattuf ko‘rsotib...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Nigoro, ne bo‘lur kelsang, talattuf ko‘rsotib...
by Do’iy

Dedim: nigoro, ne bo‘lur kelsang, talattuf ko‘rsotib,
Dedi: kelurman yig‘lamay tursang, o‘zingni to‘xtotib.

Dedimki: la’ling sharbatin umrim o‘tur bir totmadim,
Dedi: to‘ya ichgung ani xunobai hijron qotib.

Dedimki: faryodim sanga ta’sir qilmas ne uchun?
Dediki: bo‘lmas hechgah xoro toshini yumshotib.

Dedimki: noz uyqusidin jodu ko‘zing uyg‘onmadi,
Dediki: jodu fitnasin ne qilg‘ingizdur uyg‘otib?

Dedim: ko‘rarmanmu ekan oydek yuzingni behijob,
Dedi: ko‘rarsen qilmasam pinhon, sochimni butrotib.

Dedimki: Doiy vasliga yetmakni aylar orzu,
Dedi: olib kelsun hama amvolu amlokin sotib.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse