Nigorim ketgali aylar bahona...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Nigorim ketgali aylar bahona...
by Avaz Oʻtar

Nigorim ketgali aylar bahona,
G’am o’qig’a mani aylar nishona.

Dedim: «Qilg’il hadaf man notavonni
Otarda novak ul abru kamona».

Nuzul etgusi har dam charxi dundin
Boshimg’a fitna xayli bekarona.

Netongkim, bandasi gar bo’lsa Zuhra,
Rubobu chang ila qilg’ach tarona.

Ochib husnidin olam rang-barang gul,
Fig’onim qilg’usidur bulbulona.

Agarchi husn aro ma’shuqi olam,
Vale majlis tuzarda oshiqona.

Qetarman deb raqibi shum sori
Ko’zimning qildi qon yoshin ravona.

Pari erdimu bilmon ul dilorom,
Ki ko’zdin lahzada bo’ldi nihona.

Savor o’lg’on chog’i noz ashhabig’a,
Ko’zimdin ashk to’kdim dona-dona.

Nechuk zor o’lmayin man benavokim,
Ul o’lsa xo’blar ichra yagona.

Avaz, gar dod qilsam, ne ajabkim
Bo’lubdur munqalib ahli zamona.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse