Nigorim dardidin yig’lab, na oromu, na xobim bor...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Nigorim dardidin yig’lab, na oromu, na xobim bor...
by Xoʻjanazar Huvaydo

Nigorim dardidin yig’lab, na oromu, na xobim bor,
Ko’zimdin har taraf bo’lg’on ravona, turfa ohim bor.

Umidi xo’bluq yo’qtur tanimda, titrashur jonim,
O’larman begumon emdi, ajab holi xarobim bor.

Qipibdur va’da dildorim: «Jamolim ko’rsatay o’lsang»,
Kel, ey qobiz, manga emdi, o’lay deb ko’p shitobim bor.

Mani yig’log’onimg’a «yor» deb, ayb etma, ey zohid,
Aromizda sanam birla o’lum otlig’ hijobim bor.

Icharg’a bodai gulrangki har kecha qurub majlis,
Tong otquncha tamosho, nag’mai changu rubobim bor.

Bihishtu huru g’ulmonu du olamni unutqaysan,
Ayo zohid, agar ichsang, basar qattig’ sharobim bor.

San, ey zohid, mani mun’imni qilma, may harom ermas,
Riyou taqvodin bir kosa mayda ko’p savobim bor.

Huvaydoni may ichmakdin nasihat qilma, ey zohid,
Qachon bir kosa maydin, to tirikman, ijtinobim bor.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse