Nega kim

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Nega kim  (1920) 
by Abdulla Qodiriy

Kichkina feleto‘n

Elbekga bag‘ishlab

Elbek o‘zining maqolasida nega «negakim»ni ko‘b yozadir?

— Negakim, Elbekning tuprog‘i «negakim» degan yerdan olinub «kim-kim» degan daryoning suvidan aralashdirilib, loy qiling‘ani uchun.

Mirmulla aka nega Hamza Hakimni ilgarigidek yerga urmay maxtiy boshladi?

— Negakim, Hamza Hakim jonidan to‘yg‘anidan so‘ng Mirmullag‘a sohnada afsun o‘qub, dam urgani uchun.

Janob saodatmaob, muhtaram «Nomakob»ning yozg‘an falsafalariga nega men tushunmayman?

Negakim, janob «Namakob» o‘tacha olim bo‘lg‘ani uchun.

Nega xalq betoblanub, sayohat jabdug‘ini tuziy boshladi?

— Negakim, ramazon oyi yaqinlashgani uchun.

«Ishtirokiyun» gazetasi nega bir kun chiqub, bir kun chiqmay oqsay boshladi?

Negakim, harf teruvchi xizmatchilarni hukumat ortiqcha tuydurub, qorun soldirg‘ani uchun.

Nega gazetalarda turklar borasida dahanaki ur-ur, sur-sur, janjal, to‘polonlar bosilub qoldi?

— Negakim, hamma janjal afandining choponi ustida bo‘lg‘ani uchun.

Nega men «Nashriyoti G‘ozi Yunus» haqinda yozmadim?

— Negakim, bunga xos qasidaning borlig‘i uchun.

Nega so‘zingni shu yerda to‘xtatmoqchi bo‘lasan?

— Negakim, bundan ortiqni zamon ko‘tarmag‘ani uchun.

Julqunboy

«Ishtirokiyun» — 1920 yil, 8 may, 91-son, 1-bet

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse