Nega jonima jafo qilursan...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Nega jonima jafo qilursan...
by Lutfiy

Nega jonima jafo qilursan?
Vaqti o’ldi agar vafo qilursan.

Jonim chiqadur firoq o’tindin
Dardimg’a qachon davo qilursan?

Ul zulfni solma yuzung uzra,
Kim yuz bila ming balo qilursan.

Bo’ynungda qonim, ki bizni,ey ko’z,
Xo’blar bilan oshno qilursan.

Jondin ilikingni, Lutfiy, yuvg’il,
Chun ishq bila marhabo qilursan.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse