Nega arbobi xirad ahli junundan ori bor...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Nega arbobi xirad ahli junundan ori bor...
by Umarxon

Nega arbobi xirad ahli junundan ori bor?
Kim bular uryon alarning jubbayi dastori bor.

Gul yuzung olida zohir qildi shabnamdin araq,
G’uncha xomushu labingni gavhari guftori bor.

Bo’lma mahzun bog’bon,bog’ingga kirmas mahvashim,
Sarvdur qaddi ani, ruxsoridin gulzori bor.

Soqiyo, may birla bir soat meni shodon qil,
Notavon ko’nglumni hijron dardidan ozori bor.

Ey ko’ngul, diningni pinhon asra ishq atvorida,
Qoshini har bir xamida ko’z degan ayyori bor.

Ko’hkan Shiringa oshiq bo’ldi, Majnun Layliga,
Kim muhabbat shahrida har kimsani bir yori bor.

Rishtayi zulfini bo’ynumda ko’rub ta’n aylamang,
Bir birahman but yo’lida bo’ynida zunnori bor.

Yor ishqidin parilar e’tiroz aylar magar,
Har birini bo’ynida ta’viz ila tummori bor.

Dilrabolar ichra yaktoliqqa mashhur o’lsa, lek
Ko’yida men telba yanglig’ benihoyat zori bor.

Ey pari, bir kun buzuq kulbam sari qilg’il xirom,
Hech agar yo’qtur zamoni soyayi devori bor.

Ne sababdin o’lmasun obod ko’nglum kishvari,
Ishq shohidek Amiri ma’dilat osori bor.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse