Nechuk jonman, parishonman, sar to po aybu nuqsonman...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Nechuk jonman, parishonman, sar to po aybu nuqsonman...
by Rojiy Marg‘inoniy

Nechuk jonman, parishonman, sar to po aybu nuqsonman,
Yomonman, yo‘ldan ozg‘onman, na insonman, na hayvonman.

Abas umrimni o‘tkazdim, gunohlar daftarin yozdim,
Maosiy dashtida ozdim, topolmay yo‘lni hayronman.

Amolimdan uyotqonman, gunah loyig‘a botqonman,
Xudoyimni unutqonman, nechuk derman musulmonman?

Olib kasbi halolim deb, haqi mardumni molim deb,
Yesin ahli ayolim deb yugurgan qavli yolg‘onman.

Amal uqboni darkori, bu dunyodir ekinzori,
Husulum ma’siyat bori, gunah dashtiga dehqonman.

Bo‘ynimda ishqi tavqi yo‘q, dilimda haqni shavqi yo‘q.
Tilimda tavba zavqi yo‘q, g‘ariqi bahri isyonman.

Netarman go‘r azobig‘a, maloyikni javobig‘a,
Qiyomatni hisobig‘a, yomon oluda domonman.

Turar Mahsharda g‘ovg‘olar, boshimda qancha savdolar,
Bo‘lurman anda rasvolar, na qilg‘um ahli tug‘yonman.

Qani Jamshid taxtida, Skandar bormu baxtida,
Manam o‘tkinchi vaqtida gadoman, garchi sultonman.

Qulingdirman manam, yo Rab, gunohimdin na g‘am, yo Rab,
Agar qilsang karam, yo Rab, zihi mamnuni ehsonman.

Inoyatlik ilohimsan, panohim, takyagohimsan,
Na qilsang podshohimsan, sanga bo‘ynumni sungonman.

Gunahim haddin oshti, lek g‘ufroningga Rojiyman,
Qiyomat shiddati vahmi bilan tarsonu larzonman.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse