Necha ul oy jonimizg’a javru bedod aylagay...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Necha ul oy jonimizg’a javru bedod aylagay...
by Ubaydullaxon

Necha ul oy jonimizg’a javru bedod aylagay,
O’zgalarning shod aylab, bizni noshod aylagay.

Ko’rsat, ey ko’nglum, borib o’zingni ul dilbarg’akim,
Shoyad ul soat seni ko’rgach, meni yod aylagay.

Ohkim g’am selidin vayron erur ko’nglum uyi,
Emdi ul vayronani kim bo’lg’ay obod aylagay.

Ishqi ish andoq qilay davringda, ey laylivashim,
Ne oni Majnun qila olg’ay, ne Farhod aylagay.

Ey Ubaydiy, yo’qtur andoq dilbari olam aro,
Notavon ko’nglumni g’am qaydidin ozod aylagay.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse