Necha kuygay hajr ila farsuda jonim dam-badam...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Necha kuygay hajr ila farsuda jonim dam-badam...
by Husayn Boyqaro

Necha kuygay hajr ila farsuda jonim dam-badam,
Hajridin ko’nglumga yuz g’am, g’am uza dardu alam.

Yor bordi ko’zdinu ko’nglimda furqat shiddati,
Hajri bedod ayladi, jonimg’a davron javr ham.

Kecha-kunduz jonima, vahki,balolar yuz qo’yub,
Shom to subh uyqu yo’qdin ko’ngluma yuz ming sitam.

Hajr aro sabrim yo’qi anduh aro ko’p muztarib,
Ashkdin seli balo, oh o’tidin har dam alam.

Barcha bir soriyu yo’qtur yor vaslidin umed,
Topkasen vasl, ey ko’ngul, ul damki bo’lg’aysen adam.

Ey Husayniy, motamim sharhini dedimkim yozay,
So’zidin ham safhag’a o’t tushti, ham kuydi qalam.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse