Necha jonimg’a sendin dardu g’amdur...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Necha jonimg’a sendin dardu g’amdur...
by Atoiy

Necha jonimg’a sendin dardu g’amdur?!
Magar mehring jafo, lutfung sitamdur.

Muhiblarg’a jafo qilmoq yozuqsiz,
Muhabbat yo’lida bisyor kamdur.

Manga dushvor erur sensiz tirilmak,
Sanga men bo’lmasam, ey jon, na g’amdur?!

Necha jonimg’a tekding va’da birla,
Kechar dunyo, vafo qil, dam bu damdur.

Ko’zung, zulfung bila og’zing g’aminda
Vujudim hosili ayni adamdur.

Gunah qildimki, hajringda tirildim,
Vale mendin gunah, sendin karamdur.

Atoiy ushbu yo’lda xok bo’lsa,
Murodi xo’blardin bir qadamdur.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse