Necha ishdin aqlu hushing kam bo‘lur...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Necha ishdin aqlu hushing kam bo‘lur...
by Sadoiy Mirhasan
333358Necha ishdin aqlu hushing kam bo‘lur...Sadoiy Mirhasan

Necha ishdin aqlu hushing kam bo‘lur,
Oqibat aftodalikdin xam bo‘lur.

Tutma ulfat bu avom ahlig‘a ko‘p,
Kam bo‘lur aqling sani har qancha ko‘p

Ulfati xotunu go‘dak birladur,
Aqli zoil ham dili g‘am birladur.

Ko‘p suxan qilsa kishi, ey aqli dur,
Garchi haq so‘zdur, bo‘lur aqli qusur…

Ishtihodin ko‘p yemak, bevaqt xob,
Aql uyin qilg‘ay bu ishlar ko‘p xarob.

Orzuyi xom uchun kim yesa g‘am,
Sabrsiz bo‘lsa agar yetsa alam,

Ul ko‘ngulda aql turmas, ey falon,
Aqlsiz elga g‘izo zardobu qon.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse