Jump to content

Necha hijron g‘amidin nolayu faryod qilay...

From Wikisource
Necha hijron g‘amidin nolayu faryod qilay...
by Bayramxon
333569Necha hijron g‘amidin nolayu faryod qilay...Bayramxon

Necha hijron g‘amidin nolayu faryod qilay?
Hosili umrni faryod ila barbod qilay?

Necha ko‘z lavhida tasvir etibon suratini,
Dam-badam xotir aning ko‘rmokidin shod qilay?

Necha vaslini tilab hajrida xursand bo‘lay,
Necha ummidi bila jonima bedod qilay?

Necha g‘urbat aro bekaslik o‘ti birla kuyub,
Motamiylar kibi o‘z holima faryod qilay?

Necha jonimg‘a sog‘inmaslig‘idin o‘t tushubon,
Oni besabrlig‘imdin kuyunub yod qilay?

Necha ishqida buzub sabru salomat vatanin,
Necha anduhu malomat uyin obod qilay?

Necha zulfig‘a giriftor bo‘lub zor bo‘lay?
Kelki, o‘zni bu balo qaydidin ozod qilay?

Bayramo, yor vafo rasmig‘a mu’tod emas,
Emdi jonimni jafosi bila mu’tod qilay?


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.