Necha fursatdirki, ishqing ko‘ngluma topmish qaror...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Necha fursatdirki, ishqing ko‘ngluma topmish qaror...
by Kotib

Necha fursatdirki, ishqing ko‘ngluma topmish qaror,
Etmayin vaslingga doim yig‘lag‘umdur zor-zor,
Qoshki bo‘lsa muyassar tashrif etsang ixtiyor,
Naqdi umrum aylag‘umdur naxli qaddingg‘a nisor,
Aylanay, jonim tasadduq, qilmag‘aysan hech or.

Qomating ko‘rgach, qayu odam topar o‘zdin xabar:
Hush qolmas iltifot ila agar solsang nazar,
Men kabi oshiqlaringdan qilmag‘il, jono, hazar,
Qayda yetgan domani gulg‘a tikandin bir zarar,
Har qachon gul mo‘tabarlikda erur ham xor-xor.

Yodima kelgach xayoling ro‘z bo‘lg‘ay misli kech,
To‘lg‘onib yanchgan ilondek aylag‘ayman tobu pech,
Bo‘lsa imkon vasling istarman, agar kelsa qilich,
Yig‘lamaymu bo‘lmasa vasling muyassar manga hech,
Bizni manzur aylamay, ag‘yorim etsang e’tibor.

Xoli aylab fursati ahvolima qilg‘il nigoh,
Ishq o‘tig‘a mubtalo bo‘lg‘on kishida ne gunoh,
Ey nigoro furqatingdin bo‘ldi ahvolim taboh,
Xun o‘lubdur g‘uncha yanglig‘ bag‘rim ichra tah-batah,
Etsa vaslingni nasimi topgay erdim intishor.

Ulfatim dardu alam, g‘amdur, erur bag‘rim kabob,
Yig‘lag‘ay oshufta ahvolimg‘a barcha shayxu shob,
Rahm qilmay ne uchunkim muncha aylarsan itob,
Ofati davron ekansan, aylading holim xarob,
Qolmadi hajringda manda emdi taskinu viqor.

Nomi zikringni qilurman zikr o‘rnig‘a siyoq,
Ham xayolim ichra doim surating ro‘zi firoq,
Bu jahon zebosida yo‘q sandagi qoshu qaboq,
Naylayin, Qotib, yetushdi ustuxonimg‘a pichoq,
Arz qildim yo‘qni yo‘q qilmoq, g‘arazda borni — bor.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse