Ne xush bo'lg'ayki, bir kun uyquluq baxtimni uyg'otsam...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ne xush bo'lg'ayki, bir kun uyquluq baxtimni uyg'otsam...
by Bobur

Ne xush bo‘lg'ayki, bir kun uyquluq baxtimni uyg'otsam,
Kechalar tori mo‘yidek belig'a chirmashib yotsam.

Gahi guldek yuzini ul shakar so‘zlukni islasam,
Gahi shakkar kibi ul yuzi gulning la'lidin totsam.

Qani Shirin bila Layliki sendin noz o‘rgansa,
Qani Farhod-u Majnunkim, alarg'a ishq o‘rgatsam.

Yoruq kunduz, qorong'u kechada anjum kibi bo‘lgay,
Chekib gar oh dudini ko‘ngul o‘tini titratsam.

Ko‘zum ravshanlig'ida bo‘lg'ay, Bobur, base kamliq,
Agar qoshi bila yuzun hilol-u kunga o‘xshatsam.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse