Navro’z kunida

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Navro’z kunida  (1921) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Xira, o‘chgan, kirlik, kuchsiz dillarga
Yorug‘ yog‘du, turmush sepgan yangi kun
Sira sevinch bermas o‘zbek qiziga,
Yo‘qsa, unga mangulikmi qora tun?

Necha yuz yil kishanlarda entikkan
Qashshoq, yo‘qsil, tutqunlarga erk berar,
O‘zbek qizi: «Boshqalarga erk bergan,
Menga qani erking?..» – desa, ne deyar?

Ko‘klardagi dona-dona sochilgan
Yulduzlarmi ezgu kunni olqishlar?
Kimga tegar yulduz ko‘zdan otilgan
Achchiq, gina, mala’natlar, qarg‘ishlar?

Guloy, To‘ti, Qumri, Oyxon, Yorqinlar
Navro‘z kuni devorlarga qaraylar.
Ko‘chalarda er-qizlardan oqinlar,
Tutqunlarning yonlariga kirmaylar.

Qatorlarga ularni ham olmaylar,
Tutqunlarni kishiga ham sanmaylar…
Tutqunlarning ko‘z yoshlari bahorning
Shudringidek go‘zallikni ho‘llaylar.

«Go‘zallikni sevdim» degan erkinlar
Ko‘rib turib uyalmaylar, o‘lmaylar!..

Navro‘z kuni erksizlarga erk berar,
O‘zbek qizi erkli kunda bo‘sholmay,

Zindon kabi tor uyidan chiqolmay,
Qalin, og‘ir devorlarni yiqolmay,
Borlig‘ini keng dunyoga otolmay,
Chin erk kunin kuta-kuta telmirar…

Toshkent. 1921, 27–aprel

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse