Namoyad zi guftori xush sohari...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Namoyad zi guftori xush sohari...
by Munshiy

Namoyad zi guftori xush sohari
Janob ast Mushtoq dar shoiriy (Fazliy)

Rindlar bazmida soqiy jomi miynodin gapur,
Bandai gulrangi jonbaxshu musaffodin gapur.

Bu harobat ichra lutfungga erurman intizor
Ramzi lali la nigohi boda paymodin gapur.

May fununi diqqatin ko‘nglimga ma’vo aylagil
Aqlning allomasiga bul muammodin gapur.

Ey mug‘anniy, bir navo tuz nazmdin keltur bayot
Hasrati ushshoq aylab ko‘ngli xorodin gapur.

Sayhau tarji ila segoh qonunin tuzat
Nolaga setor tasnif et surayyodin gapur.

Voizo, qo‘y jannatu do‘zoh, rijou xavfni
Jon ramaqg‘a (etti) ul la’li masihodin gapur.

Kuydiyu kul bo‘ldi g‘urbat gulxanida qosido
Chin so‘zum hoqonakim, Mushtoqi rasvodin gapur.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse