Na qildim sango man, yorim, jamolingdin judo qilding...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Na qildim sango man, yorim, jamolingdin judo qilding...
by Xoʻjanazar Huvaydo

Na qildim sango man, yorim, jamolingdin judo qilding,
Boshimda gardi g’amni chun charog’i osiyo qilding.

Hamisha kuydurub sham’i firoqing birla jonimni,
Mani parvonani xokistarini zeri po qilding.

Judolig’ aylar ekansan, oyo Laylivashi Shirin,
Ne deb avval o’zungg’a man g’aribni oshno qilding.

Nigoro, bori g’am birla faqiru notavon aylab,
Alifdek qomatimni lom alif yanglig’ duto qilding.

Firoqing osmonidin solib bir barqi olam so’z,
Vujudim xirmanin o’rtab, ado qilding, ado qilding.

O’shal ro’ze: «Bilurmusan mani», deb aytding, ey yorim,
«Bale», dedim, sani suydim, baloga mubtalo qilding.

Ayo dilbar, Huvaydodek balokashni eshiklarda,
Solib ko’zdin benavo, zoru gado qilding.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse