Muzofot ijroqo‘mi diqqatiga

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Muzofot ijroqo‘mi diqqatiga  (1924) 
by Abdulhamid Choʻlpon

BU HAM BIR TOUN (O‘LAT)

Xiva, Turkmaniston tomondan kelayotqan toun balosi daf’ qiling‘ang‘a o‘xshamaydurkim, matbuotimiz ham jim bo‘lub qoldi. Albatta o‘z vaqtida tegishlik choralar ko‘rulgandan keyin unday balolarni daf’ qilmoq, hech bo‘lmag‘anda ulardan boshqa sog‘ tanalarni saqlab qolmoq mumkindur. Bir joydan, bir rayondan shunday ma’lum, tanilgan balo chiqqanda ham besaranjam bo‘ladur. Matbuot ham faryod qiladur.

Hukumat ham ahamiyat beradur. Tegishlik idoralar ham jiddiy choralar ko‘rub, vaqti-vaqtida oldini oladurlar.

Lekin, ba’zi bir balolar bordurkim, zararlari haligilardan kam bo‘lmag‘ani, balki ortib ketgani holda ularga hech kim ahamiyat bermaydur, xalq ham qiyomat to‘palang qo‘zg‘atmaydur. Buning sababi nima?

Buning sababi shudurkim, u balolar bir joy va bir rayonda, birdan va ulgurji paydo bo‘lmasdan, keng xalq orasida yolg‘iz-yolg‘iz asta-asta paydo bo‘ladur. So‘ngra, u balolar haligilar kabi tanilgan ham bo‘lmaydur. Tanilgan baloning eng kattasi, yuqorida aytganimdek, toun (o‘lat) edi. Amudaryo bo‘ylarida paydo bo‘lushi bilan darhol oldini olib yo‘q qildilar. Lekin zarari undan kam bo‘lmag‘an bir balo bu kun Farg‘onaning ba’zi bir shaharlarida davom qilib turadur. Muning bilan hech kimning ishi yo‘q.

Menim toun qatorig‘a qo‘yg‘anim u kasal: yosh bolalarda ko‘rulgan yo‘tal kasalidur. Anjan va O‘sh shaharlarining ko‘b joylarida shu kasalni ko‘rdim. Bir kechaning ichida bechora bola eng kami 20 marta yo‘taladur. Ba’zan bu yo‘tal 1,5 minut davom etib, bolag‘a juda yomon azob beradur.

Shirin bolalarini doim shu qiynoqda ko‘rgan ko‘p ota-onalar jonlarig‘a tekkan vaqtda “muning bu xilda yashashidan ko‘ra o‘lgani yaxshi edi” derlar ekan…

Shaharlarimizda “ishlab” kelayotqan “faol” sog‘liqni saqlash mahkamalarimiz bu kasalga qancha ahamiyat berdilar ekan, xabarim yo‘q. Lekin, ularni bir tarafga olib qo‘yg‘anda, xalqning o‘zi ham bu to‘g‘rida umumiyroq bir besaranjamlik ko‘rsatmaydur. Har oila shu baloga yo‘luqg‘an bo‘lsa o‘z dardini o‘zi tortadur, bas.

Lekin, buni bu holda qoldirmoq mumkin emas. Ayniqsa, hozirgi hukumatimiz zamonida kelgusining hur vatandoshlari bo‘laturg‘an kichkina uka va singillarimizni ko‘z oldimizda shu baloning panjasiga tashlab qo‘yishimiz katta xiyonat!

Farg‘ona muzofot ijroqo‘mi va undan yuqoriroq turgan idoralar yosh kuchlar uchun kelgan bu tounga qarshi butun kuchni safarbarlik ostig‘a to‘plamoqlari kerak.

Q.

“Farg‘ona” gazetasi,

1924-yil, 31-iyul, № 191.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse