Jump to content

Muxammaslar (Umidiy)

From Wikisource
Muxammaslar
by Umidiy
332147MuxammaslarUmidiy

1

[edit]

Bilki ul zolim falak gullar namoyon ayladi,
Sabzalar birlan chaman sahnini bo‘ston ayladi,
G‘unchalar la’lini kulgu birla xandon ayladi,
Turfatul-ayn ichra avroqin parishon ayladi,
Bulbuli sho‘ridasin dog‘ida nolon ayladi.

Birni taxti saltanat uzra maqomini baland,
Sarfarozu shodkom aylab el ichra arjumand,
Har tamannosin muyassar, har so‘zin aylab pisand,
Dushmanin zoru zabun, oldida aylab qaydu band,
Betahoshi harna maqsudin farovon ayladi.

Birni ravshan qildi ko‘zguyi jalodat davlatin,
Birning ortturdi damodam g‘ussa birlan kulfatin,
Mamlakat ichra qurib birni sariri shavkatin,
Birni behush aylabon, chekkan tamomi mehnatin,
Birni kuldurdi, birini bag‘rini qon ayladi.

Birni Majnundek biyobon uzra qildi darbadar,
Oqizib ko‘z yo‘lidin selobai xuni jigar,
Gohi uzlat ko‘chasida kezdurub shab to sahar,
Gohi tashlab vodiyi furqat aro be pou sar,
Telbai sargashtai ko‘hu biyobon ayladi.

Dod etay yuz til bilan bu dahri nofarjomdin,
Bir-biridan battarinroq besubut ayyomdin,
Har zamon kom olmoq istarlar mani nokomdin,
Ko‘rguzub may o‘rnida zahri halohil jomdin,
Benavo Umidiydek mahbusi zindon ayladi.

2

[edit]

Bo‘lsam, ey bulbul, saningdek gulga hamdam koshki,
Vasl uchun xilvatgahi dildora mahram koshki,
G‘ayrdin aylab qamu sirrimni mubham koshki,
Iydi husnidin topib bir kecha bayram koshki,
Chirmasam zunnorini belimg‘a mahkam koshki.

Ayru o‘ldum yordin, ag‘yorlar kuldi sabab,
Domani sahroni tuttum ko‘p chekib ranju taab,
Ushladi bemehrlik rohini ul huro laqab.
May sari tarki tabassum aylabon ul shahdlab,
So‘zladi ag‘yorima man emdi o‘lsam koshki.

Ayladim tarki vatan Majnun kabi men benavo;
Javr ila qilg‘och raqiblar dilraboimdin judo.
Sham’i ayshimni o‘churdi bemahal bodi sabo,
Bo‘ldi olam sahni ko‘zumg‘a mani zulmatsaro,
Yetmasaydi yuz alamlar uzra yuz g‘am koshki.

Afzun o‘la borajak hayron uza rasvolig‘im,
G‘am keturdi boshima hasrat tuni tanholig‘im,
Ishqimi fosh ayladi el ichra beparvolig‘im,
Darbadar qildi raqiblar birla bazmorolig‘im,
Bo‘lmasamchi bevafolar birla hamdam koshki.

Ey xaridori matoi orifi bozori gul,
Arg‘ununsozi tarab hamonu har gulzori gul,
Telbai, oshuftai, majruhu peshi xori gul,
Andalibi bevatan qildi sari zunnori gul,
Sendek o‘lsam bir nafas gul birla man ham koshki.

Bo‘lmadi oshiq bo‘lib jonim, nigorim sadqasi,
Yo‘xu borim vasl o‘lan hangomi borim sadqasi,
Sargaron boshim qudumi shahsuvorim sadqasi,
Har tarafdin naqdi dinim, guluzorim sadqasi,
Desa Majnune mani ham xalqi olam koshki.

Jon kerakmas jismim ichra ul parizod o‘lmasa,
Tarki gulshan aylaram ul qaddi shamshod o‘lmasa,
Yo‘q Umid, andin karam bir lutf ijod o‘lmasa,
Men kabi yuz qul boshi yo‘lida barbod o‘lmasa,
Bersa ul qotil sharobe tig‘i g‘am ham koshki.

3

[edit]

Telba Umidiy quling behushu beidrokroq,
No‘sh etib xamri jaholatdin tili nopokroq,
So‘zani Mar’yam bilan qilg‘il rufu cholokroq,
Ko‘kragimdur subhning pirohanidin chokroq,
Kiprigim shabnam to‘kulgan sabzadin namnokroq.

Jazmlik, yaxshi karamlik, mehribon ko‘rdum sani,
Tashladim boshim ayog‘ingg‘a hamon ko‘rdum sani,
Gavhari mehringni jismim ichra jon ko‘rdum sani,
Bu ko‘ngul g‘amnokidin tO shodmoi ko‘rdum sani,
Istaram, hardamki bo‘lg‘ay xotirim g‘amnokroq.

Sho‘x-shang atfollardin tegsa ko‘p bag‘rimga tosh, -
Uz jazosi, qildi ish besabrlikdin bekengosh,
To‘kmaka ushshoq qonin qotili aylar talosh,
Uyla mujgon xanjarig‘a yopushubdur durri yosh,
Kim magar andin yatime yo‘qturur bebokroq.

Qo‘ygucha yolg‘iz mani, jonimni ol, ey dilrabo,
Sansizin bir lahza lazzat yo‘q tiriklikdin mango,
Qo‘yma beparvo qadam har yona mayl aylab yano,
Lablaringdan kom olurda barcha el quldur sango,
Jon berurda bir quling yo‘q bandadin cholokroq.

Qo‘ysa gar gardi mazallatni rizo ahliga charx,
Boshini farmondin indurmas, ado ahliga charx,
Kimiyo bilg‘ay banogoh chashmi vo ahliga charx,
Odamiylik tufrog‘in bersa fano ahliga charx,
Ohkim, yo‘qdur kishi ahli vafodin xokroq.

Eyqachon boshim mani ovezi ul fitrok o‘lur,
Qoshi yosidin tegib o‘q, siynasi dardnok o‘lur,
Qon tarashshuh aylabon, oluda jismim pok o‘lur,
Necha o‘qlosang Navoiy, ko‘ngli zaxminroq o‘lur,
Ko‘rmagay, zaxmini tikkon sari bo‘lg‘oy chokroq.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.