Musamman

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Musamman
by Nurmuhammad Andalib

Mubtaloman, ohkim, bir rashki rizvon ollida,
Yuz balo, yuz fitna bor, ul chashmi fatton ollida,
Zor jismim bo’ldi qon, bu no’gi mijgon ollida,
Tob tushdi qomatimg’a zulfi chavgon ollida,
O’ynasa go’y etgumen boshimni g’alton ollida,
Poymol o’lmoq kerak bu sho’xi javlon ollida,
Budu nobudum agar teng bo’ldi jonon ollida,
Zarrai yo’q, bori tengdur, mehri raxshon ollida.

Tiyra qildi subhim ul xurshidi tobon hajr aro.
Soldi g’am chohig’a rashki mohi Kan’on hajr aro,
Olloh-olloh, men kibi yo’qtur parishon hajr aro,
Ashku ohim bo’ldi sarsar birla to’fon hajr aro.
Bu balolardin qutulmoqlik ne imkon hajr aro,
Bahri ashkimdin suv olmish abri nayson hajr aro,
Ko’zlarimning chashmasi ollida Ummon hajr aro,
Ko’z biaynih o’yladurkim chashma Ummon ollida.

Borg’ali ul mahliqo, vahkim, parishondur dimog’,
Qong’a to’ldi onsizin bazm ichra miynodi ayog’,
Topmadim hargiz nishonin ko’-bako’ aylab so’rog’,
Mumkin ermas bu suubatlar bila topmoq farog’,
Zohir etti la’li yodida ko’zim qonlig’ bulog’,
Lola ochti bog’, gul ochti bu yanglig’ qaysi bog’,
Vasl ichinda do’zax o’ti birla qo’yg’on toza dog’,
Otashin guldek gumon qil dogi hijron ollida.

Hajr shomi tinmay o’tlug’ ohlar chekdim dalir,
Urtanib kul bo’ldi oning tobidin mohi munir,
Ko’zlarim sho’robasi ollida daryo chun g’adir,
Biri Jayhuni bashiru biri Sayhuni nazir,
Ber manga husnung zakotin ham gadomen, ham faqir,
Lutf etib ilkim tutub bo’lsang na bo’ldi dastgir,
Ey musulmonlar, ne holatdurki ishq etmish asir,
Yuz musulmon xaylini bir nomusulmon ollida.

Ey ajal, jonim olib bergil manga sabru qaror,
Yo’qsa hijron ilkida qo’yma meni zoru nizor,
Vasli xurshidin tilab jismim bo’lubdur zarravor,
Umredur bee’timodu, jong’a yo’qtur e’tibor,
Og’zidek bo’ldim adam, belini aylab ixtiyor,
Andalibo, ko’yi jonon sori etsang sen guzor,
Ey Navoiy, jon sabo ollida qilg’aymen nisor,
Bu gado holin desa, yetganda sulton ollida.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse