Muntaziri visol edim, bedilu beqaror ham...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Muntaziri visol edim, bedilu beqaror ham...
by Bayramxon

Muntaziri visol edim, bedilu beqaror ham,
Rahmki, emdi qolmadi toqati intizor ham.

Bir emasu ikki emas mehnati hajru bori dil,
Mehnatima hisob yo‘q, dardima yo‘q shumor ham.

Har ko‘nguleki, bor edi mehnatu g‘amg‘a yor edi,
Yuz alam ixtiyor edi, qolmadi ixtiyor ham.

Ruhni bulbulung qilur, jonni dag‘i qulung qilur,
Chehrani gulgunung qilur, turrai totor ham.

Har kishi ishqibozdurur, xoki rahi niyozdurur,
Ishq ila sarfarozdurur Bayrami xoksor ham.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse