Jump to content

Muallim afandilarimiza ulug‘ rijomiz

From Wikisource
Muallim afandilarimiza ulug‘ rijomiz (1914)
by Hamza Hakimzoda Niyoziy
334515Muallim afandilarimiza ulug‘ rijomiz1914Hamza Hakimzoda Niyoziy

Mutavattin bizim musulmonlarning eng tuban darajalardagi safohat va razolat, faqir va asoratlarga giriftorlikda qolub, ba’zilari o‘z qo‘llaridagi kasb va hunarlaridan-da mahrub o‘lub, jinni va gadolik kabi insoniyat va islomiyatga xarofat yetkuradurgon a’moli zamoim va qaboyihlara asir bo‘lub ketmoqlariga eng birinchi modda millatlarin fikrig‘a olingandan «Man tashbiha quvmai fahu manha» hadisi sharifi ila nahiy munkar qilub, «Al ilmu lugon bo‘lsin» hadisi sharifining amri ma’rufni qizg‘onib, eng ichida qoldurgan nasih ulug‘ zotlar tarafindan majbur bo‘lgan johil avom, ota-onalar: «Qo‘y, o‘ruscha o‘qima! Ikki dunyoda ham rozi emasman!» — tovushlari bila siltab, qichqurub, qirq, balki ellik yildan beri vatandoshimiz va hukumatimiz o‘lgan Rusiya ila lisonda va muomalada, xususan tijoratda tanishuv-bilishuv, birlashuv yo‘llariga to‘squn bo‘lub qilgan qarshiliklarindangina iborat bo‘lub chiqadur. Holbuki, hammamizning tijoratda va muomalada hatto albisa va at’imalarda-da ehtiyojimizni kundan-kunga ortub turmoqlig‘i ko‘z oldinda quyosh kabi ko‘rinmakdadur.

Mana bizim musulmonlar bu yonda qolub, kechagina kelgan ajnabiy, yahudiy va armaniylarning-da bu qadar davlat va taraqqiylarga yetishub keta qolgonlari-da zo‘r dalil bo‘lsa kerak. Demak, biz qaraylik armaniylar holina: kechagina oyog‘ida eski choruq, boshida eski telpak, ustida yirtiq palto birla olaqarg‘a kabi «qag‘! vag‘!» deb kelgan armaniy bo‘lsa, bu kun aravakashlik, ertaga kunjarafurushlik, bir haftadan keyin so‘k-sovulchilik, bir oydan keyin baqqolchilik, ikki-uch yil so‘ngida ko‘ramizki, forma boshqa, tillo soat qo‘llarida, o‘zlari obrazovanniy, falon joyda olti arshin viviska bir magazinni egasi bo‘lubgina qolurlar. Ajabo! Yahudiylar va boshqalari-da bundan iboratdir. Mana bular na uchun bu qadar tezlik bila taraqqiyga yetisha olurlar? Alarning bu xil davlatga tezdan molik o‘luvlariga eng asoslik sabab va falonlarin axtarur bo‘lsak-da vatandoshlari o‘lgan Rusiyaning lisonlari ila tanishub, balki muntazam maktablarida, dorilfununlarida tahsil etub tijorat va muomalat usullarining mukammal topmoqlarindan. Xususan Turkiston kraylariga kelganlari avval bir yil, ikki yil bizim musulmonlar orasina kirub, riyozat va mehnat ila bizim musulmonning o‘zlari va lisonlari ila tanushub, tijoratda birlashub qilgan ijtihod va g‘ayratlarindan iborat o‘lub, boylik va taraqqiylari buning orqasindadur. Yana tun-kun o‘g‘ul va qizlarini-da o‘zlari qabi maktablarda o‘qitub va tarbiya etub, kelajakdagi avlodlarining hayot yo‘llarin tuzmak uchun qo‘ldan kelgani qadar moddiy va ma’naviy yordamlarin taqsir etmay, o‘z bo‘yinlaridan milliy burchlarin ado etmoqdadirlar. Ajabo! Butun bid’at va jaholatga bo‘g‘zigacha botgan, o‘ruscha o‘quv va o‘qituvni o‘ziga ulug‘ karohatlardan sanagan bizim diyonatlik musulmonlarimiz u deydigimiz yahudiy va armaniylarga xizmat qilurga or va nomuslari kelmay, alarga tavoze qiluvni na uchun karohatlardan hisob etmaslar ekan?

Yana tiyotrularda, tsirklarda artistlar bizim musulmonlarning hamyoza va kerishuvlarin bir kuni mehnat, uch kun uyqu, olti kun tamoshoda lang‘illab yuruvlarin tanqid va masxara etub ko‘rsatsalar, qo‘shilub kulushub, balki qarsak cholub, olqishlashubgina qo‘yarlar. Anglabmi, anglamaymi, — unisi ma’lum emasdir. Bu xususlarda maqolalar olam matbuotida takror-takror ko‘rilmoqda bo‘lsa hamki, o‘quv va o‘qituv ishlarida bizim Turkiston musulmonlarida jiddiyat u qadar umid kutadirgan darajalarda emasdur.

Demak, hanuz bizning Turkiston musulmonlarining 30 dumog‘laridan taassuf asari u qadar zoyil o‘lmagandur. Mana, bizim qaysi bir musulmong‘a: «Siz ham o‘g‘lingizni o‘ruscha o‘qituvg‘a bering, bizg‘a oning kerakli tijorat asboblaridan biri dorilfunun tarbiya va ta’limlarin qo‘lg‘a olmoqdur. Har bir boylik va taraqqiy ilm va ma’rifatning soyasindadur. Ko‘rasizmi boshqa millatlardagi xalq ilm uchun yoshgina o‘g‘ul va qizlarin Ovro‘podan Amriqog‘a, Osiyodan Ovrupog‘a, demak, to‘rt-besh yil musofur qilub yuboralar. Loaqal siz ko‘z oldingizda bo‘lgan tuzemnicheskiy maktablarina bering!

«Shoyad kelajakdagi og‘irliqlardan sizning tarbiyangiz soyasinda salomat qutqorulsun», degoningda lablarin burub ajablar qiluvlar bila «Siz menga nasihat qilg‘uncha o‘zingiz borub, tuzemniy shkolada o‘quvchi bolalarning ahvollarini ko‘ring. Avval og‘izlaridagi alfozi qabihalarni ayting! Avval ko‘chada qolgon o‘yin va to‘polonlarini va o‘tgon odamlarga qilg‘on kirdikorlarin tomosho qiling. Yoshsh hech nimani ko‘rmagan bolalarimizni axloqlari buzulub, og‘zilarida popirus, biri og‘zingga… desa, biri otangni arvohiga…, biri onangni… desa, biri hamshirangni… degan haqoratlarini ko‘ring. «O‘shandog‘ o‘qib, taraqqiy qilg‘uncha shundoqqina yurgon yaxshi», degan javoblarini eshitub, boshqa bir so‘z aytgali ojiz qoluv shubhasizdur. Mana, holbuki, har joyda yosh bolalarning sho‘xligi oddiy bir ishdir. Lekin xalqning bu asossiz taassuflarga qarshu agar u talabalar mumkin qadar muallim hazratlari tarafindan tarbiyalar etilub, pokiza axloq va asoslik odoblar ilagina tarbiya etilub, xalqning muhabbat va diqqatin jalb etuv ravishlarin va usullarin o‘rgatilub, nasihatlar etgonda edi, yuqoridagi mutaassuflarning-da topgan plonlari buzilub, yildan-yilg‘a talabalar minglab emas, balki millionlab deyurlik ko‘paymoqda. Yuzlarimiz yorug‘, tillarimiz uzayub, kelajakdagi talabalarning-da o‘quvlarina og‘zi ila mone o‘luvchi mutaassuflardan xalos topar eduk.

«Sadoi Farg‘ona» gazetasi, 1914 yil, 25 oktyabr soni


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"